Afrikadagi maktablarda rus tili o‘qitila boshlaydi
Olam
−
13:12 343 1 daqiqa
Markaziy Afrika Respublikasining uchta maktabida 6-sinfdan boshlab rus tili o‘qitiladi. Bu haqda Rossiya Ta’lim vazirligining Telegram-kanalida xabar berildi.
Qayd etilishicha, Bangi shahrida Rossiya va Markaziy Afrika Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda ikki davlat o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilingan.
Yig‘ilish doirasida Markaziy Afrika Respublikasidagi umumta’lim maktablarida rus tilini o‘qitishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror imzolangan. Darslar “Xorijda rus o‘qituvchisi” loyihasi doirasida faoliyat yurituvchi pedagoglar tomonidan olib boriladi.
Shuningdek, Rossiya Ta’lim vazirligi rus tilini xorijiy til sifatida o‘rganish uchun 500 ta darslikni Markaziy Afrika Respublikasiga topshirgan. Kelgusida mahalliy o‘qituvchilarni tayyorlash, Bangi universitetida rus tili kafedrasini tashkil etish hamda Rossiya ta’lim standartlari asosida faoliyat yuritadigan maktab loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Latviya Seymi (parlament) jamoat teleradiokompaniyasi (LSM)ga rus tilida kontent yaratishni taqiqlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi