Rossiyada migrantlar rus tili imtihonlaridan ozod qilinishi mumkin

Olam

−

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi (IIV) mamlakatning “ilg‘or rivojlanish hududlarida” ishlaydigan xorij fuqarolaridan rus tili, mamlakat tarixi va qonunchilik asoslarini bilishini tasdiqlashni talab qilmaslikni taklif etdi. Tegishli loyiha federal portalda e’lon qilindi.

Gap investitsiyalarni jalb qilish uchun maxsus rejimga ega hududlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar va xizmat buyurtmachilari haqida bormoqda.

Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Uzoq Sharqda shunday 16 ta hudud amal qilmoqda, yana ikkitasi Arktika zonasida joylashgan.

IIVning hisoblashicha, imtihonlardan ozod qilish ish beruvchilarga xorijlik mutaxassislarni tezroq jalb qilishga yordam beradi, shuningdek, ushbu hududlarning investitsiyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun yanada qulay sharoitlar yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) migrantlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 30 foizgacha oshirishni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing