17 yoşli xokkeyçi öyin paytida konki tiği bilan böynini kesib oldi
Sport
−
18:02 565 2 daqiqa
Slovakiya ösmirlar terma jamoasi hujumçisi Matuş Valek Şvetsiyaning Nyuçyoping şahrida ötkazilayotgan “Beş millat” turniri doirasida Çexiyaga qarşi uçraşuvda böynidan jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Slovakiya xokkey federatsiyasi (SZLH) rasmiy saytida xabar berdi.
Hodisa birinçi bölimning 15-daqiqasida, Çexiya 1:0 hisobida oldinda borayotgan paytda sodir böldi. Slovakiya himoya zonasidagi töqnaşuvdan söng Valek şayba uçun kuraşda ğolib çiqdi. Biroq çexiyalik hujumçi Viktor Şamal yiqilib, konkisi tiği bilan uning böyniga tegib ketdi.
Slovakiya xokkey federatsiyasi ma’lumotiga köra, jarohat odatiy öyin jarayonida tasodifan yuz bergan. Valek zaxira örindiği tomon yöl olgan va u yerda unga zudlik bilan tibbiy yordam körsatilgan.
17 yoşli xokkeyçi tezda şifoxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli barqaror ekani va hayoti xavf ostida emasligi ma’lum qilindi. Hodisadan söng har ikki jamoa uçraşuvni töxtatişga kelişib olgan.
Ma’lumot uçun, “Beş millat” turniri joriy yilning 4-8 noyabr kunlari Nyuçyoping şahrida bölib ötmoqda. Unda Şvetsiya, Finlyandiya, Çexiya, Şveysariya va Slovakiya yoşlar terma jamoalari iştirok etmoqda. Çexiyaga qarşi uçraşuv slovaklar uçun guruh bosqiçidagi sönggi bahs bölişi kerak edi.
Live
Barchasi