Musiala jiddiy jarohat oldi
Sport
−
235 1 daqiqa
“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi futbolçisi Jamal Musiala öng son qismidan jarohat oldi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Klub bayonotida futbolçining qaçon safga qaytişi ma’lum emasligi aytilgan. Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lumotiga köra, Musiala 2027 yil boşiga qadar maydonga tuşmaydi.
Joriy yilning 22 noyabr kuni “Bild” naşri Musialada yana nevrologik disfunksiya xuruji kuzatilgani haqida xabar berdi. Hodisa joriy yilning 16 noyabr kuni maşğulotlar vaqtida sodir bölgan. Biroq futbolçi ertasi kuni heç qanday çeklovlarsiz maşğulotlarga qaytgan.
Musiala avvalroq ham ötgan yozda “Bavariya”ning “Xaydenxaym” (4:2) va “Leypsig” (3:1) jamoalariga qarşi örtoqlik uçraşuvlarida ikki marta huşidan ketgan edi. Keyinçalik futbolçi vaqti-vaqti bilan nevrologik disfunksiya xurujlaridan aziyat çekişini tan olgan.
Ma’lumot uçun, 23 yoşli Musiala 2020 yildan buyon “Bavariya” şarafini himoya qilib kelmoqda. U jamoa bilan 6 marta Germaniya çempionligi, 1 marta Germaniya kubogi, UEFA Superkubogi va klublar örtasidagi Jahon çempionligida ğolib çiqqan. Futbolçi Germaniya terma jamoasi safida 46 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol va 8 ta golli uzatma muallifi bölgan.
Live
Barçasi