YeI Shvetsiyada Qur’onning yoqib yuborilishini qoraladi

Olam

image

Stokgolmdagi Qur’onni yoqish bo‘yicha aksiya hech qanday tarzda Yevropa Ittifoqi fikrini aks ettirmaydi. Bu haqda bugun, 1 iyul kuni Bryusselda e’lon qilingan Yevropa tashqi siyosat xizmati tomonidan e’lon qilingan kommyunikeda aytildi.

“Qur’on yoki boshqa muqaddas kitoblarni yoqish haqoratli, hurmatsizlik va ochiq-oydin provokatsiyadir. Irqchilik, ksenofobiya va shunga o‘xshash murosasizlikning namoyon bo‘lishiga Yevropada o‘rin yo‘q. Musulmonlarning muhim bayrami – Qurbon hayitida shunday qilmish sodir etilgani yanada achinarli”, deyiladi bayonotda.

Shu bilan birga, hujjatda Yevropa Ittifoqi din va e’tiqod erkinligi hamda so‘z erkinligini himoya qilishda davom etishi ta’kidlangan.

“O‘zaro tushunish va hurmat uchun birga turish hamda keskinlashuvning oldini olish vaqti keldi”, degan Yevropa tashqi siyosat xizmati vakili.

Bryusselning qayd etishicha, YeI Bag‘doddagi voqealar rivojini diqqat bilan kuzatib, tinchlik va vazminlikka chaqiradi hamda diplomatik binolarga hujumlarni qoralaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 iyun kuni Shvetsiya politsiyasining ruxsati bilan Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida aksiya o‘tkazilgandi. Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashladi va uni yoqib yubordi. Shu kuni butun dunyo musulmonlari asosiy diniy bayramlardan biri – Qurbon hayitini nishonladilar. 29 iyun kuni bir guruh iroqliklar musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi norozilik bildirib, Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirdi. Iroq hukumati Shvetsiya hukumatidan Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgan iroqlik muhojirni ekstraditsiya qilishni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Iroq Shvetsiya Qur'on Stokgol'm

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing