Bag‘dodda Qur’on yoqilishiga qarshi namoyish. Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirildi

Olam

image

Bugun, 29 iyun kuni bir guruh iroqliklar musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi norozilik bildirib, Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirdi. Bu haqda “Shafaq News” portali xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Shvetsiya diplomatik missiyasi binosi yaqinida yuzdan ortiq namoyishchilar yig‘ilgan. Bir muncha vaqt oldin bir guruh namoyishchilar Bag‘dodning markaziy qismida joylashgan Shvetsiya elchixonasi hududiga darvozani buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan. Diplomatik missiyaga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar haqida ma’lumot yo‘q.

“Al Sumria” telekanaliga ko‘ra, elchixona hududiga kirgan shaxslar allaqachon uni tark etgan. Namoyish piketida qatnashgan boshqa iroqliklar ham binoni tark etmoqda. Qayd etilishicha, yig‘ilish ishtirokchilari Islomning muqaddas kitobi tahqirlanishiga norozilik sifatida Shvetsiya elchisini Iroqdan chiqarib yuborishni talab qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 iyun kuni Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazidagi Medbor’yarplatsen maydonida yana muqadddas Qur’oni karim tahqirlandi. Namoyishda iroqlik 37 yoshli muhojir Salvan Momika muqaddas kitobni yoqib yubordi. 

U arab tilida nutq qilib, musulmonlarning muqaddas kitobidan varaqlarni yirtib, o‘t qo‘ydi. Aksiya sodir bo‘lgan joyda Shvetsiya va xalqaro OAV vakillari, shuningdek, 200 ga yaqin tomoshabin bo‘lgan. Politsiya tashkilotchiga tosh otmoqchi bo‘lgan erkakni qo‘lga oldi. 

Namoyishdan oldin Momika TT telekanaliga bergan intervyusida tarjimon yordamida “Qur’onni yoqib yuboramiz, Shvetsiyani uyg‘ot, deymiz. Bu demokratiya, bizga ruxsat yo‘q deyishsa, bu xavfli”, deb baqirgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qur'on

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing