NATOga a’zolik Shvetsiya uchun quruq orzu bo‘lib qolaveradi – Anqara
Olam
−
03 iyul 2023
7764Shvetsiyaning NATOga kirishi Anqara talablarini bajarishdan bosh tortayotgan Stokgolmning amalga oshmay qolgan orzusidir. Bu haqda bugun, 3 iyul kuni chop etilgan “Milliyet” gazetasiga bergan intervyusida Turkiya parlamenti spikeri Numan Kurtulmush aytdi.
"[Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya o‘rtasida] uch tomonlama kelishuv mavjud. Ular provokatsion harakatlarga qila turib, NATOga a’zo bo‘lish uchun ruxsat so‘rashadi. Kechirasiz, lekin Turkiya gapiga javob beradigan davlat. U nima desa, nimani va’da qilsa, bajaradi, lekin biz ham raqiblarimiz o‘z so‘zida turishini istaymiz. O‘z va’dalarini bajarmayotgan Shvetsiya uchun NATOga a’zo bo‘lishni kutish shunchaki orzu”, deb ta’kidladi parlament raisi.
Kurtulmush, terror tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlagan va boshpana bergan Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagi bilan bog‘liq holda Turkiya kuchli bosim ostida ekanini qayd etdi.
“Turkiya esa, o‘zi talab qilgani amalga oshmaguncha, bu mavzuda qadam tashlamaydi”, deydi u.
O‘tgan yilning 28 iyun kuni Madridda NATO sammiti boshlanishidan oldin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, o‘sha paytdagi Shvetsiya Bosh vaziri Magdalena Andersson, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinistyo va NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Memorandum imzolandi, bu o‘ziga xos yo‘l xaritasi bo‘lib, Stokgolm va Xelsinkiga NATOga kirish imkonini berdi. 31 mart kuni Turkiya parlamenti Finlyandiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni tasdiqladi, mamlakat 4 aprelda alyansga a’zo bo‘ldi. Shu bilan birga, u Stokgolmdan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha Madrid memorandumining barcha bandlarini bajarishini talab qilib, Shvetsiyaning NATOga kirishi haqidagi protokolni ma’qullamadi.
Anqara Stokgolmni Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchilar partiyasi tarafdorlarining Shvetsiyada davom etayotgan harakatlari hamda Qur’onni yoqish harakatlari uchun qattiq tanqid qilmoqda.
LiveBarchasi