Iroq Shvetsiyadan Qur’onni yoqib yuborgan shaxsni ekstraditsiya qilishni so‘radi
Olam
−
30 iyun 2023
15580Iroq hukumati Shvetsiya hukumatidan Stokgolmda musulmonlarning muqaddas kitobi – Qur’onni ommaviy ravishda yoqib yuborgan iroqlik muhojirni ekstraditsiya qilishni talab qilmoqda. Bu haqda kecha, 29 iyun kuni Iroq Tashqi ishlar vazirligi vakili Ahmad al-Sahhof ma’lum qildi.
“Muqaddas Qur’onni haqorat qilgan shaxs Iroq fuqarosi. Shuning uchun biz Shvetsiya rasmiylaridan Iroq qonunchiligiga muvofiq sud qilishlari uchun uni Iroq hukumatiga topshirishni talab qilamiz”, deya as-Sahhof so‘zlarini keltirgan INA axborot agentligi.
29 iyun kuni Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchisi Jessika Svardstrom Iroq Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi va u yerda voqea yuzasidan “qattiq norozilik” oldi. Departamentning ta’kidlashicha, “so‘z erkinligining hech qanday huquqiy asoslari va mulohazalari diniy qadriyatlarni haqoratlashni oqlamaydi”.
Stokgolm markazidagi aksiya joriy yilning 28 iyun kuni Medbor’yarplatsen maydonida Shvetsiya politsiyasining ruxsati bilan o‘tkazildi. Iroqdan kelgan 37 yoshli muhojir Salvan Momika Qur’on sahifalarini yirtib tashladi va uni yoqib yubordi. Shu kuni butun dunyo musulmonlari asosiy diniy bayramlardan biri – Qurbon hayitini nishonladilar. 29 iyun kuni bir guruh iroqliklar musulmonlar uchun muqaddas kitob – Qur’onning yoqib yuborilishiga qarshi norozilik bildirib, Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga bostirib kirdi.
Qayd etilishicha, Shvetsiyada aksiya tashkilotchilariga nisbatan nafrat qo‘zg‘atish va o‘t yoqish taqiqini buzish fakti bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi