Putinga Qur’on sovg‘a qilishdi (video)
Olam
−
29 iyun 2023
23707Kecha, 28 iyun kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Dog‘istonning Derbent shahridagi Juma masjidiga tashrifi chog‘ida Qur’oni Karim sovg‘a qilindi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, 28 iyun kuni Putin Dog‘istonga xizmat safari bilan borgan. Davlat rahbari tashrif chog‘ida Rossiyaning eng janubiy shahri bo‘lmish Derbentga borgan. U Derbentdagi Juma masjidiga kelganida Islom dinidagi muqaddas Qur’on kitobini sovg‘a qilishgan.
Ma’lumot uchun, Putin tashrif buyurgan Juma masjidi Rossiya va dunyodagi eng qadimgilaridan biri bo‘lib, manbalarda aytilishicha, uning qurilishi arab sarkardasi Maslama ibn Abdul-Malik tomonidan milodiy 733-734 yillarda boshlangan. Masjid hovlisida uch asrlik chinorlar bor. 2012 yilda bu daraxtlar tabiiy yodgorlik sifatida tan olinib, hozirda davlat muhofazasiga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniy o‘zi hibsda bo‘lib turgan Vladimir viloyatidagi 2-axloq tuzatish koloniyasini Qur’on kitobini berishmagani uchun sudga bergandi.
LiveBarchasi