“Ular o‘z terrorchilarini tayyorlagan”. Qozog‘istonda “Qonli yanvar” voqealari xuruj qilmoqda

Olam

image

Qozog‘istonda joriy yilning yanvar oyida bo‘lgan tartibsizliklar vaqtida terrorchi ekani aytilgan odamlarni hukumat o‘zi oldindan tayyorlagan. Olmaotada o‘tayotgan namoyishlarda ishtirok etayotgan Qozog‘istonning badavlat tadbirkorlaridan biri, sobiq deputat va siyosatchi Bulat Abilov Orda.kz muxbiri bilan suhbatda shunday fikr bildirgan.

9 yil deganda siyosiy maydonda ko‘rinish bergan Bulat Abilov kuch tuzilmalari tinch namoyishchiga o‘q uzishiga boshqa yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytmoqda.

“Rasmiylar armiya va politsiyaga tinch namoyishchilarni otish haqida buyruq bermasligi uchun qozoq yana qozoqqa qarata o‘q otmasligiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Biz u yerda 20 ming terrorchi bo‘lmaganini bilamiz. Tabiiyki, ular o‘zlarining terrorchilarini oldindan tayyorlaganlar. Ular Qirg‘iziston, Gruziya, Ukraina va Belarus tajribasini ko‘rdilar – men hamma joyda bo‘ldim. Ular bunga tayyorgarlik ko‘rishdi. Maydondagilar 2-3 tik turganda, butun Qozog‘iston chiqardi va hukumat ketardi. Biz u nazorat qilmayotganini ko‘rdik. Ular bu variantni oldindan tayyorladilar, bu qatl bizning ko‘z o‘ngimizda sodir bo‘ldi. Bu 30 yil oldin bir yoki ikkita video qolgan Jeltoksan emas. U yerda nima bo‘lganini ham bilmaymiz. Bu yerda hech narsani yashira olmaysiz - hamma narsa hujjatlashtirilgan. Hozir esa dunyoda bizni Osiyoning rivojlanmagan davlati deb bilishadi. Dunyoning qayerida kuniga 225 kishi rasman o‘ldiriladi? Boshqa hech bir davlatda bunday emas” degan Abilov.

Tadbirkor hozirda qo‘shimcha siyosiy mitinglar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uning ta’kidicha, avvalo Qozog‘istonga barcha tabiiy bolyiklarini qaytarish kerak.

Bulat Abilov namoyishlar vaqtida Olmaotadagi Nazarboyev ko‘chasini Kantar deb atashni taklif qilgan. Bu ko‘cha 2017 yilgacha inqilobchi yozuvchi Dmitriy Furmanov nomi bilan atalgan.

Eslatib o‘tamiz, sal avval Prezident Qosim-Jomart To‘qayev “Hazrat Sulton” masjidiga borib, xalqqa murojaat qildi. 

Ma’lumot uchun, “Qonli yanvar” fojiasida ham namoyishchilar asosan Nazarboyev va uning oilasiga qarshi talablarni qo‘ygan edilar.

Nazarboyevning siyosiy intihosi

2019 yil mart oyida Prezident lavozimini Qosim-Jomart To‘qayevga topshirib, Elboshi rutbasini olgan va Xavfsizlik Kengashini boshqarib kelayotgan Nursulton Nazarboyev Qozog‘istondagi namoyishlar avj olishi fonida Xavfsizlik Kengashi boshqaruvini ham qo‘sh qo‘llab Prezident To‘qayevga topshirdi. O‘shandan buyon uning qayerdaligi shubha ostida. Garchi Nazarboyevning atrofidagilar 8 yanvardan boshlab tilga kirib, uning mamlakatda bo‘lib turganini aytayotgan bo‘lsa-da, sobiq Prezident hozirgacha bir-ikki videomurojaatlardan tashqari, hech qayerda ko‘rinish bermadi. Hatto, to‘ng‘ich qizi – deputat Darig‘a Nazarboyeva ham 11-12 yanvar va 1-2 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan Parlament yalpi majlisida ishtirok etmagan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, u maoshsiz mehnat ta’tilida. Bu orada esa u “Nur Otan” siyosiy kengashi a’zoligidan ketdi.

Nazarboyev ko‘rinish bermayotgan bir vaqtda esa uning hatto, sog‘lig‘i haqida mish-mishlar tarqala boshladi. Namoyishlarda esa sobiq Prezidentning Olma-otadagi saroyi yoqib yuborildi, haykali qo‘porib tashlandi. 

Avvalroq, Nazarboyevning kuyovlari: Aliyaning (kenja qizi) turmush o‘rtog‘i Dimash Dosanov “Kaztransoyl” AJ rahbarigidan, Darig‘aning (to‘ng‘ich qizi) turmush o‘rtog‘i Kayrat Sharipbayev “QazaqGaz” milliy kompaniyasi AJ rahbarligidan ketgandi. 17 yanvar kuni o‘rtancha qiz Dinaraning turmush o‘rtog‘i Timur Kulibayev “Atameken” milliy tadbirkorlar palatasi prezidiumi raisi lavozimini tark etdi

28 yanvar kuni Nazarboyev “Nur Otan” partiyasi rasiligini ham Prezident Qosim-Jomart To‘qayevga topshirdi

2 fevral kuni Qozog‘iston parlamenti mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning Xavfsizlik kengashi va Qozog‘iston xalqi assambleyasiga umrbod raislik qilishini bekor qiluvchi qonunni qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

200

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing