Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyevning qizi qidirilmoqda

Olam

image

Qozog‘iston jurnalistlari Birinchi Prezident – Elboshi Nursulton Nazarboyevning qizini qidirmoqda. “Orda.kz” nashri Nursulton Nazarboyevning qizi Darig‘a Nazarboyevani mamlakat parlamenti Quyi palatasi yig‘ilishida ham ko‘rinish bermaganini aytmoqda.

Qayd etilishicha, Quyi palata yig‘ilishida ishtirok etgan deputat bugun, 11 yanvar kuni Darig‘a Nazarboyevani ko‘rmaganini, lekin u yerda bor-yo‘qligiga ishonchi komil emasligini aytgan.

“Men uni ko‘rmadim. Chunki deputatlardan kim kelib, kim kelmaganini ko‘rish maqsadim yo‘q edi. Odatda, agar deputatlar yalpi majlisga kelmasa, bunga sabab yo sog‘lig‘i yoki xizmat safari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin”, degan parlament vakili.

Nashrga ko‘ra, hukmron “Nur Otan” partiyasi Matbuot xizmati Darig‘a Nazarboyevaning qayerdaligini aniqlashga va’da bergan, biroq hozircha hech qanday qo‘shimcha qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda joriy yilning ilk kunlaridan boshlangan namoyishlardan so‘ng, Elboshi Nursulton Nazarboyevning qayerdaligi noma’lum edi. Ba’zi OAVlar uni oila-a’zolari bilan birga Dubayga ketganini ham taxmin qildi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay Nazarboyevning poytaxt Nur-Sultonda ekanini ma’lum qildi.

Avvalroq, Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva Buyuk Britaniya fuqaroligini olish maqsadida mamlakatdan 300 million dollar olib chiqib ketgan va Londondan uy sotib olgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1113

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing