Ukraina Rossiyaning 3 ta desant kemasini yo‘q qildi

Olam

image

Kecha, 7 may kuni Ukrainaning Zmeiniy oroli qirg‘oqlari yaqinida ukrainalik harbiylar Rossiyaning 3 ta desant kateri va 46 nafar rus harbiylarini yo‘q qildi. Bu haqda “Janubiy” tezkor qo‘mondonligi Facebook sahifasida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ukrainalik harbiylar Rossiyaning “Raptor” sinfidagi ikkita desant kemasi va “Tor” zenit-raketa tizimiga ega “Serna” sinfidagi desant katerini yo‘q qilgan. Yana bir "Raptor" sezilarli darajada shikastlangan.

Rossiya harbiylarining pozitsiyalariga aniq zarbalar ukrainalik jangchilar tomonidan Bayraktar dronlari bilan amalga oshirilgan. 

Hujumlar chog‘ida esa 46 nafar rus harbiylari halok bo‘lgan.

“Zmeiniy oroli "bosqinchilarning kuchlari va imkoniyatlarini tezda qisqartirish uchun afsonaviy tramplinga" aylanmoqda”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning 11356R loyihasidagi “Burevestnik” rusumli fregati Ukrainaning Zmeiniy oroli yaqinida yonib ketgandi. Unga Ukrainaning “Neptun” raketasi bilan zarba berilgani aytilgandi.

Ma’lumot uchun, 14 aprel kuni tunda Odessa yaqinida joylashgan “Moskva” kreyserida portlash yuz berdi. Ukraina tomoni kemaga “Neptun” bilan zarba berganini bildirdi.

Rossiya o‘z navbatida kemadagi o‘q-dorilar portlaganini, bu noma’lum sabab bilan boshlangan yong‘in tufayli ekanini xabar berdi. Rus nashrlari kemaning 500 dan ortiq ekipaj a’zolari evakuatsiya qilingani aytildi.

Keyinroq esa kemadagi yong‘in o‘chirildi va u suzishga yaroqli holda ekani ochiqlandi. Biroq bugun, 15 aprel kuni tunda “Moskva” bukser qilinayotganda dovul sabab cho‘kib ketdi.

Qora dengiz strategik tadqiqot instituti rahbari Andrey Klimenkoga ko‘ra, 16 ta qanotli raketaga ega “Moskva” kreyseri yo‘q qilinganidan keyin Rossiya Qora dengiz floti kemalarining umumiy qanotli raketalari soni 72 tadan 56 taga kamaydi.
Rossiya-Ukraina urushi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing