Putin bolalarga Ukrainadagi urushni “ozuqa zanjiri” misolida tushuntirishni taklif qildi
Olam
−
22:07 1025 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi urushni bolalarga tushuntirish uchun Arktikadagi oziq-ovqat zanjiri – kosatka va oq ayiqlar misolidan foydalanishni taklif qildi. Bu haqda Putin o‘qituvchilar bilan uchrashuvi davomida so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda Belgorod viloyatidan kelgan pedagog Dmitriy Balanchuqov Shimoliy qutbga qilgan safari haqida so‘zlab bergan. Putin undan u yerda oq ayiqlarni ko‘rgan-ko‘rmaganini so‘ragan.
Shundan so‘ng Rossiya Prezidenti Arktikada kosatkalar oq ayiqlarga galalari bilan hujum qilib, ularni “mayda baliqlar kabi yeyishi” haqida gapirgan.
Putinning fikricha, maktabda bolalarga shunday oziq-ovqat zanjiri haqida tushuntirish kerak. U bu misol bolalarga “nima uchun biz maxsus harbiy operatsiya o‘tkazayotganimizni” anglashga yordam berishini aytgan.
Ma’lumot uchun, Putin Rossiya Ukrainaga qarshi boshlagan urushni rasmiy ravishda “maxsus harbiy operatsiya” deb ataydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2025 yilning oxirida harbiy qo‘mondonlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda 2026 yil uchun NATO va Yevropa Ittifoqini ichidan parchalash vazifasini qo‘ygani xabar qilingandi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust