Toshkent viloyatini aylangan Shavkat Mirziyoyev, Suriyadan vatanga qaytgan 156 o‘zbek, Yevropa Prezidentining o‘zbekcha tviti va haftaning eng muhim voqea hodisalari sharhi
Tahlil
−
02 iyun 2019
4205JAMIYAT
Yevropa Kengashi prezidenti Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha tvit qoldirdi
31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk o‘zining Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha tvit qoldirdi.
“O‘zbekiston va prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada ancha yaxshilangan hamkorlikda katta rol o‘ynaydi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo bilan mustahkam va jadallashgan hamkorlikning tarafdoridir”, deyiladi Donald Tuskning tvitida.
Yana bir partiya rahbari lavozimidan chetlatildi
1 iyun kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum qilinishicha, uning o‘rniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov tayinlangan.
Ma’lumot uchun, Hotamjon Ketmonov XDPni 2013 yildan buyon boshqarib kelgan. U 2015 va 2016 yillarda Mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ko‘rsatilagn edi.
Ulug‘bek Inoyatov esa 2018 yil iyun oyida rektorlikka tayinlangunga qadar, xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan.
Prezident “Angren” temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etdi
1 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga tashrifi davomida Angren shahridagi mukammal kapital rekonstruksiya qilingan “Angren” temir yo‘l vokzalining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur vokzal bir paytlar to‘yxona bo‘lgan, keyingi vaqtlarda qarovsiz holatga tushib qolgan edi. Ayni paytda bino “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xalqaro andozalar darajasida ta’mirlandi, qayta jihozlandi. Endilikda shu joydan turib hudud aholisi Toshkent-Angren poyezdiga chipta xarid qilishi, shuningdek, mahalliy va ichki marshrutlarga jo‘nash imkoniyatiga ega.
So‘ngra shu yerning o‘zida Shavkat Mirziyoyev Angren shahrini kompleks rivojlantirishga doir 20 ga yaqin loyihalar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Angren shahar Ichki ishlar boshqarmasining yangi binosi bilan tanishdi. U yerda soha vakillari bilan muloqot qildi.
Andijonlik ayollarga uy berilib, tortib olinganmidi?
Bir necha kundirki, ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik ayolga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi vaqtida uy berilgani, bu haqda "O'zbekiston 24" telekanalida lavha efirga berilib, ayni paytda ayol uyidan ayrilgani haqidagi xabarlar ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
31 may kuni Andijon viloyati hokimligi ushbu masala yuzasidan OAV vakillari uchun ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Xurshida Tillayeva va boshqalar haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.
Qalampir.uz manbasining xabariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va OAVda tarqalgan xabarlar asossizdir. "Uy berilib, keyin tortib olindi” qabilida yolg‘on xabar tarqatgan ayollar aslida oilasidan ajrashib, ota-onasining xonadoniga kelib yashayotganlardir.
Ma’lum bo‘lishicha, andijonlik Xurshida Tillayeva, Muyassar Rahimova, Shohista Bakirova, Xayriniso Ermatova hamda M. Abduvaliyevalar ham ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga egalik qilish huquqini qo‘lga kiritganlar va ular uchun ajratiladigan xonadonlarning dastlabki to‘lovlari “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi” MCHJ tomonidan oldindan to‘lab berilgan.
Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi Prezidentini qabul qildi
AES Jizzax viloyatida quriladi
O‘zbekistondagi birinchi atom elektr stansiyasi Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li atrofida quriladi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi xabar berdi.
Rasman! Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatildi
Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning chiqargan videosiga haqoratomuz tarzda o‘z munosabatini yo‘llagan xonanda Abdulla Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket chiqargan nomaqbul audio-videolari o‘z navbatida yoshlar orasida va jamoatchilik o‘rtasida salbiy fikr uyg‘otmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab bo‘ldi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Ushbu bayonotda Abdulla Qurbonovning litsenziyasi tugatilgani e’lon qilindi.
Shavkat Mirziyoyev AQSH, Koreya va Gruziya elchilaridan yorliqlarni qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 may kuni Gruziya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Koreya Respublikasining mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Zurab Abdushelishvili, Deniyel Rozenblyum va Kan Chje Kvondan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Ramazon hayiti 5 iyun kuni nishonlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 5 iyun chorshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida keng nishonlanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda qabul qilingan Prezident Farmoniga muvofiq, 1 iyun – shanba 6 iyun – payshanbaga ko‘chirilgan edi.
Shunga ko‘ra, 2019 yil 5 va 6 iyun kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
1 iyundan gaz va elektr uchun to‘lov oshmaydigan bo‘ldi
30 may kuni Moliya vazirligi ayrim sabablar bilan joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun iste’mol to‘lovlari qimmatlashishi jarayoni to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Moliya vazirligining taqdim etgan ma’lumotiga ko‘ra, ayrim sabablar bilan joriy yilning 1 iyunidan boshlab tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi uchun iste’mol to‘lovlari qimmatlashishi jarayoni ayni vaqtda to‘xtatilib turibdi.
Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Medvedevni qabul qildi
30 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatga kelgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedevni qabul qildi.
Uchrashuvda o‘zaro aloqalar va almashinuvlar faollashgani alohida ta’kidlanib, tovar ayirboshlash hajmi ortayotgani, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha «yashil yo‘lak» samarali ishlayotgani ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha ikki tomonlama dastur doirasida hududlar va ishbilarmonlar darajasida umumiy qiymati 13 milliard dollardan ziyod yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu kunning o‘zida Rossiya Federatsiyasi Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatiga bordi.
Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan 156 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar o‘zbekistonlik, asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30 may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.
“Mehr” dasturini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maxsus komissiyasining Yaqin Sharqdan olib kelingan o‘zbekistonliklar bo‘yicha bayonoti e’lon qilindi. Ushbu bayonotda Respublikaga qaytarilgan o‘zbekistonliklar ijtimoiy reabilitatsiya hamda sog‘lomlashtirish maqsadida Toshkent viloyati hududidagi barcha kerakli sharoitlar yaratilgan sanatoriyga joylashtirilganligi haqida aytildi.
Rossiya Hukumati rahbari Dmitriy Medvedev O‘zbekistonga yetib keldi
“Ular muammoning emas, muammoni yozgan jurnalistning ”ortidan“ tushadi” – Shayxov
Kecha, 28 may kuni Toshkentdagi “Hyatt ragency Tashkent” mehmonxonasida “OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Shayxov so‘zga chiqib, davlat organlari Matbuot xizmatlari tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklar, ularning OAV bilan munosabatiga to‘xtaldi.
"Matbuot kotiblari OAVda chop etilgan maqoladagi muammo yo tanqid ortidan emas, uni yozgan jurnalistning "ortidan" tushadi. Shuning uchun ularni lavozimga tayinlash to‘laligicha tashkilot rahbari tomonidan emas, qaysidir ma’noda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi ishtirokida amalga oshirilishi kerak. Yo‘qsa, davlat organlari rahbarlari Matbuot kotibi nomi bilan o‘ziga advokat qidirishda davom etaveradi", dedi Shayxov.
“Adliya vazirligi masalani boshqa tarafga burmoqchi”: Rasul Kusherboyev vazirlikka javob qaytardi
O‘zbekistonda yana bir avtomobil zavodi ochilishi mumkin
28 may kuni Jizzax viloyati hokimligida Xitoy Xalq Respublikasining "CHANGAN AUTO COMPANY” delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi Axborot xizmati xabar berdi.
CHANGAN AUTO COMPANY” delegatsiyasi vakillari bilan viloyat hokim Ergash Saliyev, hokim o‘rinbosari Azim Ahmedhadjayev hamda bir qator mutasaddi xodimlar, viloyatda avtomobil zavodini qurish xususida muzokara olib bordi.
Samarqandda ayanchli YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor
28 may kuni Samarqand shahrida o‘ta ayanchli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Nexia-3 rusumli avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, to‘qnashuvda Nexia-3 yengil avtomobili tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan.
Hodisa natijasida, Nexia-3 haydovchisi voqea joyida vafot etgan.
Fattoh Shodiyev 50 ta uy qurilishiga homiylik qiladi
O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan “Xovos siti”dagi 50 ta ikki va uch xonali, ikki sotixli hovliga ega uylar qurilishi “Shodiyev Xalqaro fondining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi” tomonidan homiylik asosida moliyalashtirilmoqda.
Delegatsiya a’zolarining Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev bilan bo‘lgan uchrashuvida vakolatxona tomonidan viloyat aholisi turmush tarzini yanada yaxshilash, vohada keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari, “Obod qishloq” dasturi ijrosiga hissa qo‘shish maqsadida 40 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilinganligi bildirilgandi. Shuningdek, ushbu mablag‘ning bir qismi “Xovos siti” qurilishiga yo‘naltirilishi ham ma’lum qilingan edi.
Ma’lumot uchun, belgilangan loyihaga ko‘ra “Xovos siti”da yana 100 ta ana shunday turar-joy qurilishi mo‘ljallangan. Shuningdek, jami 30 ta ko‘pqavatli binolar bunyod etish ishlari ham jadal davom etmoqda. Mazkur uylar bitgach 1000 ga yaqin oila zamonaviy xonadon sohiblari bo‘lishi kutilmoqda.
Germaniya Prezidenti rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi
Saida Mirziyoyeva ishtirokida respublika konferensiyasi boshlandi
28 may kuni Toshkentdagi “Hyatt ragency Tashkent” mehmonxonasida "OAV sohasida milliy qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari" mavzusidagi respublika konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov nutq so‘zladi.
"Mamlakatimizda OAV xodimlarining erkin faoliyati uchun barcha imkoniyatlar yaratilyapti. Lekin shunga qaramasdan ayrim OAV jurnalistik etikaning qabul qilingan normalariga zid ravishda faoliyat yuritmoqda. Agentlik tomonidan bunday chiqishlar bo‘yicha rasmiy munosabat bildirilmoqda. Biz ochiq muloqot, axborot to‘g‘ri va xolis tarqatilishi tarafdorimiz. Boshqalardan ham shuni talab qilamiz va so‘raymiz", dedi Komil Alamjonov.
Shuningdek, ushbu yig‘ilishda Saida Mirziyoyeva so‘zga chiqib, fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Nega matbuot to‘rtinchi hokimiyat darajasiga ko‘tarilmayapti? Bunga davlat organlari rahbarlari va Matbuot xizmatlarining matbuotga nisbatan e’tiborsizligi sabab bo‘lmoqda, deyish mumkin. Ularning ish yuritish uslubi, moddiy-texnik bazasi, kadrlarning salohiyati talabga javob bermaydi. Matbuot xizmatlarida shtat birliklari tashkil etilmagan", dedi Mirziyoyeva.
Germaniya Prezidenti O‘zbekistonga yetib keldi
Toshkentlik uch firibgar qashqadaryolik otaxonni 12 ming dollarga “uxlatishdi”
JAHON
AQSHda 40 yoshli kishi va mahalliy politsiya o‘rtasida otishma. 10 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
1 iyun kuni AQSHning kurort shaharlaridan biri hisoblanadigan Virjiniya-Bichda otishma kelib chiqdi.
Sodir bo‘lgan otishmada 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Mahalliy politsiya boshlig‘i Jem Server OAVga ma’lum qilgan.
Otishmani keltirib chiqargan gumonlanuvchi 40 yoshli Deueyn Kreddok ekanligi ma’lum qilindi. U binoning uch qavati bo‘ylab qurol bilan harakatlangan holda odamlarni o‘qqa tutgan.
Universitet yaqinida portlash sodir bo‘ldi
Kobul shahridagi marshal Fahim nomidagi Milliy universitet yaqinida portlash uyushtirilgan. Natijada olti kishi halok bo‘lgan va shuncha kishi og‘ir jarohat olgan. Voqea guvohlarining so‘zlariga ko‘ra portlash kursantlar universitetdan chiqib ketayotgan vaqtda ro‘y bergan.
Jurnalistga hujum qilgan tuman rahbariga nisbatan jinoiy ish ochildi
Xakasiya Respublikasi Shira tumani hokimi Sergey Zaysev uning kabinetiga kelib, yong‘indan keyin yangi uylar qurilishiga byudjet mablag‘larining ishlatilishi bo‘yicha savol bergan “Rossiya 24” telekanali jurnalisti Ivan Litominga hujum qildi.
Sergey Zaysevga nisbatan jurnalistga qilgan qo‘polligi yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Shuningdek, uning taxminiy korrupsion harakatlari ham tekshiruv ob’ektiga aylandi.
Zelenskiy ilk rasmiy tashrifida yevropalik “aka”larini ko‘rib keladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ilk xalqaro tashrifi Bryusselga bo‘ladi. Bu haqda Prezidentning Axborot xizmati xabar tarqatdi.
Ukraina davlati rahbari ilk xorijiy safarida Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk, Yevrokomissiya raisi Jan-Klod Yunker va NATO bosh kotibi Yens Stoltenberglar bilan muzokaralar olib boradi.
Zelenskiyning ushbu xorijiy safari joriy yilning 4-5 iyun kunlari amalga oshiriladi.
Rossiyada o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizini zo‘rlashdi
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma’lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.
Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olingan. Uning hech qayerda ishlamasligi ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, u Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan.
Bosh vazir maslahatchisi otib ketildi
Avtobus halokatida 60 kishi jarohat oldi
LiveBarchasi