Yana bir partiya rahbari lavozimidan chetlatildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Hotamjon Ketmonov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

QALAMPIR.UZ manbasiga ma’lum qilinishicha, uning o‘rniga Namangan davlat universiteti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Ulug‘bek Inoyatov tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Hotamjon Ketmonov XDPni 2013 yildan buyon boshqarib kelgan. U 2015 va 2016 yillarda Mamlakatda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida nomzod sifatida ko‘rsatilagn edi.

Ulug‘bek Inoyatov esa 2018 yil iyun oyida rektorlikka tayinlangunga qadar, xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlab kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

XDP

Baholaganlar

270

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing