Yevropa Kengashi prezidenti Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha tvit qoldirdi
Jamiyat
−
01 iyun 2019 6866 1 daqiqa
Kecha, 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘lgan Yevropa Kengashi prezidenti Donald Tusk o‘zining Twitter’dagi sahifasida o‘zbekcha tvit qoldirdi.
U o‘z sahifasida O‘zbekistonga tashrifi bo‘yicha ikkita tvit qoldirgan - biri ingliz tilida, ikkinchi tvitini esa lotin alifbosidagi o‘zbek tilida yozgan.
“O‘zbekiston va prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqada ancha yaxshilangan hamkorlikda katta rol o‘ynaydi. Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyo bilan mustahkam va jadallashgan hamkorlikning tarafdoridir”, deyiladi Donald Tuskning tvitida.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr