Ruminiya rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuboryapti
Olam
−
01 iyul 2023
5390Rossiyaning Buxarestdagi elchixonasining 40 nafar xodimi va ularning oila a’zolari Ruminiya hukumati iltimosiga ko‘ra mamlakat hududini tark etadi. Bu haqda Ruminiya TIV matbuot xizmati xabar berdi.
“Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Buxarestdagi diplomatik missiyasining 40 nafar xodimi oilalari bilan Rossiya aviakompaniyasiga tegishli fuqarolik samolyotida Ruminiya hududini tark etishini ma’lum qiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Aytilishicha, Ruminiya rasmiylarining Rossiya diplomatik missiyasi xodimlarini qisqartirish haqidagi qarori Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi darajasini aks ettiradi.
Shuningdek, Rossiya elchixonasi xodimlarini olib ketish uchun Rossiya samolyotiga Ruminiyaga qo‘nishga ruxsat berilgan.
Eslatib o‘tamiz,
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Germaniya Rossiyadagi vakolatxonalarida ishlaydigan 100 dan ortiq xodimni ishdan bo‘shatishini ma’lum qilgan edi. Mart oyi oxirida Germaniya 30 dan ortiq rossiyalik diplomatni persona non grata deb e’lon qildi. May oyi boshida Germaniya missiyalarining bir guruh xodimlari Rossiyani tark etdi. May oyi oxirida esa Berlin Rossiyaning Germaniyadagi beshta bosh konsulligidan to‘rttasining faoliyatiga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga qaror qildi. Shuningdek, Norvegiya Rossiyaning 15 diplomatini persona non grata deb e’lon qilishi ortidan Rossiya ham Norvegiyaning o‘n nafar diplomatini persona non grata deb e’lon qildi. Shvetsiya bilan bo‘lgan shu kabi holatda esa har ikki tarafdan 5 nafardan diplomatlar mamlakatlardan “haydab” chiqarildi. Aynan shu kabi holatlar Avstriya, Moldava, Xorvatiya, Estoniya, Bolgariya va Litva bilan ham kuzatilgan.
LiveBarchasi