Rossiyaning Uzoq Şarqida oğir ahvolga tuşib qolgan özbekistonliklar mamlakatga qaytarildi
Olam
−
08:12 286 1 daqiqa
Rossiyaning Uzoq Şarq federal okrugi hududida vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşiriş davrida qiyin moliyaviy vaziyatga tuşib qolgan bir guruh Özbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston fuqarolari xorijda yuzaga kelgan moliyaviy qiyinçiliklar sababli Özbekistonning Vladivostokdagi Boş konsulxonasiga murojaat qilib, mamlakatga qaytişda amaliy yordam söragan.
Diplomatlar tomonidan öz vaqtida körilgan çora-tadbirlar natijasida ular joriy yilning 10 noyabr kuni Migratsiya agentligi jamğarmasi mablağlari hisobidan Özbekistonga qaytarildi.
Vatanga qaytarilganlar orasida Buxoroda tuğilgan E.E., farğonalik Q.N. va uning voyaga yetmagan farzandi S.A., Samarqand viloyatida tuğilgan B.D. va uning öğli B.N. bor edi.
“Mazkur amaliy yordam xorijda muşkul vaziyatga tuşib qolgan yurtdoşlarimizni qöllab-quvvatlaş, ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş hamda vatanga xavfsiz qaytişlariga kömaklaşiş borasida amalga oşirilayotgan işlardan biridir”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Vladivostok va Xabarovsk şaharlarida vaqtinçalik mehnat faoliyati davomida oğir moddiy ahvolga tuşib qolgan bir guruh Özbekiston fuqarolari mamlakatga qaytarilgan edi.
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr