Rossiya Abu-Dabidagi muzokaralarda NATOdan 1997 yilgi çegaralarga çekinişni talab qildi – NYT

Olam

−

image

Rossiya Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça Abu-Dabida ötkazilgan muzokaralarda NATOdan öz qöşinlarini 1997 yildagi pozitsiyalariga qaytarişni, alyansning keyingi kengayişidan va Şarqiy Yevropadagi harbiy faolligidan voz keçişni talab qildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Naşrning yozişiça, Rossiya vakillari uşbu talablarni AQŞ Prezidenti Donald Tramp vakillari bilan ötkazilgan yopiq muzokaralarda bayon qilgan. Moskva pozitsiyasi aks etgan hujjat muzokaralarga aloqador şaxs tomonidan naşrga taqdim etilgan. Hujjatning haqiqiyligini muzokaralardan xabardor yana bir manba ham tasdiqlagan.

Hujjatda Rossiyaning 2021 yil dekabrida ilgari surgan boşqa talablari ham takrorlangan. Xususan, NATOning keyingi kengayişiga yöl qöymaslik, şuningdek, Ukrainada, Şarqiy Yevropada, Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyoda alyansning har qanday harbiy faoliyatini töxtatiş talablari keltirilgan.

Naşrning qayd etişiça, Abu-Dabidagi muzokaralarda Rossiya vakillari Sovuq uruş davri va Sovet Ittifoqi boşçiligidagi Varşava şartnomasi taşkilotini uruşdan keyingi Yevropa uçun namuna sifatida körsatgan. Ular öşa davrdagi AQŞ va SSSR örtasidagi ta’sir doiralari hamda kelişuvlar mojarolar xavfini kamaytirganini ta’kidlagan.

Muzokaralarda AQŞ vakillari Stiv Uitkoff va Jared Kuşner Rossiya tomoniga 2021 yil oxiridan buyon köp narsa özgarganini aytib, kelajakka qaraşga çaqirgan.

Biroq keyinçalik Moskvada Vladimir Putin bilan ötkazilgan uçraşuvda Kreml rahbari NATO qöşinlarini 1997 yilgi pozitsiyalariga qaytariş talabi Rossiyaning xavfsizlik arxitekturasi haqidagi qaraşlarini hanuz aks ettirişini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Abu-Dabida joriy yilning 10–11 noyabr kunlari Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça ötkazilgan köp tomonlama muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi norasmiy ravişda nafaqat Kiyevga taalluqli bölgan “Yevropa xavfsizligining yangi tartibi” bandlarini ilgari surgandi, balki Kreml vakillari Finlyandiyaning NATOdan çiqişini talab qilgan, şuningdek, alyansning Latviya, Litva va Estoniyadagi harbiy bazalardan voz keçişi tarafdori ekanini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing