Putin va Kim Chen Inning sammiti tugadi. Biroq Shimoliy Koreya yetakchisi hali ham Rossiyada

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In umumiy hisobda besh soatdan ortiq davom etgan suhbatni yakunladi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Prezident Putin Shimoliy Koreya yetakchisi bilan muzokaralar samarali va samimiy o‘tganini aytgan.

“Boshlanishi yaxshi, juda samarali. Mintaqadagi vaziyat, ikki tomonlama munosabatlar yuzasidan juda samimiy fikr almashildi”, deydi Putin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida “KXDR tashqi dunyodan amalda yopiq bo‘lganida”, Moskva va Pekin katta zarar ko‘rgan.

Qayd etish joizki, Kim Chen In Putin bilan muzokaralardan so‘ng Shimoliy Koreyaga qaytib ketgani yo‘q. U Komsomolsk Amurdagi zavodga ham boradi. 

“Kim Chen In Komsomolsk Amurga, fuqarolik va harbiy texnika ishlab chiqariladigan zavodlarga tashrif buyuradi”, degan Vladimir Putin. 

Rossiya Prezidentining ta’kidlashicha, KXDR raisi u yerda qurol ishlab chiqarishni ko‘rib chiqadi. Bundan tashqari, KXDR yetakchisi Vladivostokdagi Rossiya Fanlar akademiyasining bir nechta ob’ektlarini ko‘zdan kechiradi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 sentyabr kuni Kim Chen In Pxenyandan jo‘nab, Rossiyaga maxsus poyezdda yo‘l olgandi. Kecha, 12 sentyabr kuni Rossiyaga kelgan Kim Chen In Tabiat vaziri Aleksandr Kozlov va Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako bilan muzokara o‘tkazdi. Bugun, 13 sentyabrda Shimoliy Koreya yetakchisi Prezident Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida uchrashdi. Ular qisqa suhbatdan so‘ng kosmodromdagi ob’ektlarni ko‘zdan kechirdi. Keyin esa davlat rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalarning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Kim Chen In sharafiga rasmiy tushlik uyushtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kim Chen In Shimoliy Koreya Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing