Kim Chen In zirhli poyezdda Rossiyaga keldi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 12 sentyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga yetib keldi. Uni Rossiya Tabiat vaziri Aleksandr Kozlov kutib oldi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Tumannaya daryosi ustidagi ko‘prik. Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashdim. Kim Chen In Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi”, deb yozgan u.

Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyakoning aniqlik kiritishicha, Kim Chen Inning poyezdi bir kun avval Xasan vokzaliga yetib kelgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u Kozlov bilan birgalikda Shimoliy Koreya rahbari bilan muzokara o‘tkazgan.

“Qo‘shnilarimiz bilan ko‘p yillik do‘stona munosabatlar o‘rnatib, qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va boshqa sohalarda hamkorlik qilish istiqbollari mavjud. Bunday darajadagi tashrif KXDRdagi hamkasblar bilan keng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada faol rivojlantirish uchun yaxshi signaldir”, deydi Oleg Kojemyako.

Bugun, 13 sentyabr kuni esa Kim Chen Inning poyezdi “Vostochniy” kosmodromining temir yo‘l vokzaliga yetib keldi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham kosmodromda bo‘lib, bu yerda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Qayd etish joizki, KXDR rahbarining poyezdi 20 vagondan iborat bo‘lib, u portlashdan himoya qilish maqsadida po‘lat bilan qoplangan, poyezdning boshida va oxirida qo‘riqchilar mavjud. Shimoliy Koreya yetakchisiga mamlakat partiyasi, hukumati va qurolli kuchlari vakillari hamrohlik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur tashrif Kim Chen Inning Rossiyaga ikkinchi marta kelishidir. Bundan oldin u 2019 yilda Kim Chen In Vladivostokdagi forumda qatnashganida Rossiyaga borgan. Joriy yilning iyul oyi oxirida esa Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Shimoliy Koreya rahbari bilan uchrashgan. Vazir KXDRga 1950–1953 yillardagi urushda Shimoliy Koreya g‘alabasining 70 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun borgan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen In joriy yilning 10 sentyabr kuni tushdan keyin maxsus poyezdda Pxenyanni tark etgandi. Ko‘plab nashrlar Kim Chen In va Putin o‘rtasidagi muzokaralar mavzularidan biri harbiy hamkorlik bo‘lishi mumkinligini yozmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Kim Chen In Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made