Eron Ozarbayjon va Armaniston bilan chegarada qo‘shin joylashtirdi

Olam

image
Qorabog‘da Eronni Ozarbayjonga qarshi gijgijlash boshlandi north_east

Qorabog‘da Eronni Ozarbayjonga qarshi gijgijlash boshlandi

Qo‘shnilarni hurmat qilish kerak – Ruhoniy Baku va Yerevanni ogohlantirdi north_east

Qo‘shnilarni hurmat qilish kerak – Ruhoniy Baku va Yerevanni ogohlantirdi

Eron Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat keskinlashgani sababli Ozarbayjon va Armaniston chegarasida harbiylarini joylashtiryapti. Islom inqilobi posbonlari korpusi bu tinchlikni saqlash va milliy manfaatlarni himoya qilish uchun kerakligini aytgan.

IIPK qo‘mondoni general Husayn Salami kecha, 26 oktyabr kuni Shimoliy-Ozarbayjon viloyatidagi Xoda Afarin tumaniga borgan.

Qayd etish kerakki, Eron Tog‘li Qorabog‘da mojaro boshlanishi bilan chegaradagi aholisi xavfsizligini ta’minlashi kerakligini aytib, rasmiy Baku va Yerevanni artilleriya snaryadlarini ehtiyot bo‘lib uchirishga chaqirdi. Ammo harbiy harakatlar davomida goh snaryad, goh dronlar Eron hududiga tushib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Ozarbayjon va Armaniston AQSH vositachiligida o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun uchinchi bor sulh tuzdi. Ammo sulhning umri avvalgi ikkitasidan ko‘proq bo‘lmadi. Oradan bir necha soat o‘tib, tomonlar o‘t ochishni to‘xtatish rejimi buzilganini aytib chiqdi.

Rasmiy Bakuga ko‘ra, Armaniston Qurolli Kuchlari joriy yilning 27 sentyabr kuni soat 06:00 dan boshlab Ozarbayjonga qarshi keng ko‘lamli provokatsiyalarni amalga oshirdi, butun front bo‘ylab Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini, shuningdek, oldingi chiziq zonasida joylashgan aholi punktlarini o‘qqa tutdi.

Armaniston hujum Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan boshlanganini aytmoqda. Ozarbayjon esa qurolli to‘qnashuvga nisbatan javob hujumlari boshlaganini rasman e’lon qilib, Armaniston chegarasidagi tinch aholi vakillarini chegara hududlaridan chetga chiqishlarini so‘radi.

Holat bo‘yicha Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev xalqqa murojaat bilan chiqib, to‘qnashuv Ozarbayjonning provokatsiyasi emasligini aytdi.

Nikol Pashinyan esa mamlakatda harbiy holat va umumiy safarbarlik e’lon qildi.  Buning ortidan Ilhom Aliyev mamlakatda harbiy holat va komendantlik soati e’lon qilish haqidagi farmonga imzo chekdi. Shuningdek, Aliyev 28 sentyabr kuni qisman safarbarlik e’lon qilish haqidagi hujjatni imzoladi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida keskinlik avj olgandan keyin Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali muloqot qilib, ularni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirgan edi. Prezident Vladimir Putin esa Nikol Pashinyan bilan muloqot qilib, masalani tinch yo‘l bilan hal etishni tavsiya qildi. Bu orada Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev asosiy kuch va dastakni Turkiya Respublikasidan olayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu kuni Turkiya va Ozarbayjon Prezidentlari telefon orqali muloqot qildilar va Erdo‘g‘an turk xalqi va davlati Ozarbayjonni bor imkoniyati bilan qo‘llab-quvvatlashini eslatdi

Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ mojaroli zonasidagi vaziyat ko‘p jihatdan Rossiyaga bog‘liq. Rossiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Minsk guruhining hamraisi. 1 oktyabr kuni guruh hamraislari – AQSH, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida qo‘shma bayonot e’lon qildilar.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog' to'qnashuvi

Baholaganlar

91

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing