Aliyev Tog‘li Qorabog‘ga bordi
Olam
−
16 noyabr 2020
17533Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ning rasmiy Baku nazoratiga o‘tgan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga bordi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon Aliyeva ozod qilingan Fuzuliy va Jabroil tumanlariga, shu jumladan Fuzuliy va Jabroil shaharlariga bordi”, deyilgan xabarda.
Davlat rahbarining korteji Fuzuliy tumanining Horadiz shahrida ham ko‘rinish bergan.
YouTube`da tarqalgan videoda Prezident kortejidagi avtomobillardan biridan harbiy forma kiygan Aliyev tushayotganini ko‘rish mumkin. U atrofidagi odamlar bilan salomalashgan, to‘planganlar esa uni olqishlab, quvonch bilan kutib olgan.
Eslatib o‘tamiz, 27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat yomonlashgandi, bahsli hududda faol janglar boshlangandi. Baku va Yerevan 1988 yil fevralidan boshlab Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qilganidan beri mintaqaga egalik qilish masalasida bahslashmoqda. 1992-1994 yillardagi qurolli to‘qnashuv paytida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni yetti viloyat ustidan nazoratni yo‘qotgandi.
9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Hujjat, xususan, Rossiyadan tinchlikparvar kuchlarni mintaqaga joylashtirishni nazarda tutadi.
LiveBarchasi