Turkiya Ozarbayjonga qo‘shin kiritmoqchi
Olam
−
16 noyabr 2020
11361Turkiya Parlamenti Ozarbayjonga qo‘shin yuborish masalasini ko‘rib chiqadi. Mamlakat Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolangan farmon loyihasi bugun, 16 noyabr kuni tasdiqlash uchun mamlakat parlamentiga yuborildi.
Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an imzosi bilan yuborilgan farmonda do‘st va qardosh mamlakat Ozarbayjonning bosib olingan yerlarini saqlab qolish uchun necha yildan buyon harakatlar davom etib kelayotgani eslatiladi.
Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o‘rtasida erishilgan kelishuvga binoan mintaqada 10 noyabr soat 00:00 dan boshlab sulh tuzildi va sulhga rioya qilinganligini tekshirish maqsadida kelishilgan jadvalga binoan ba’zi okkupatsiya qilingan hududlarni Ozarbayjonga qaytarishni o‘z ichiga olgan reja e’lon qilindi. Ozarbayjon hududida ishg‘oldan ozod qilingan "Qo‘shma markaz" tashkil etilishi ta’kidlandi.
Farmon matni Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot shartlariga, shuningdek rasmiy Baku tomonidan Turkiya va Rossiya Federatsiyasining sulh rejimini kuzatib borish bo‘yicha “Qo‘shma Markaz”ini tuzish talabiga e’tibor qaratilmoqda.
“Qo‘shma markazning joylashishini Ozarbayjon belgilaydi. Markazni harbiy xizmatchilar va kerak bo‘lganda fuqarolik mutaxassislari boshqaradi. Markazning ishi Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini ta’minlashga qaratilgan qadamlar nuqtayi nazaridan Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu BMT Xavfsizlik Kengashi va YeXHTning tegishli qarorlarida o‘z aksini topgan. Ozarbayjonga harbiy xizmatchilarni yuborish ham Turkiyaning milliy manfaatlariga javob beradi”, deyiladi hujjatda.
Missiya ko‘lami, xodimlar soni va muddati Turkiya Prezidenti ma’muriyati tomonidan belgilanadi.
Turkiya Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq, “Qo‘shma markaz” vakolat muddati bir yilga belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘da tinchlikni saqlash chora-tadbirlari to‘g‘risida farmonni imzoladi. Unga ko‘ra mintaqaga 1960 nafargacha Rossiya tinchlikparvar kuchlari yuboriladi, kontingent esa yiliga kamida ikki marta almashtiriladi.
LiveBarchasi