Baku va Yerevan jasadlarni almashishni boshladi
Olam
−
14 noyabr 2020
7149Joriy yilning 27 sentyabridan 9 noyabriga qadar Tog‘li Qorabog‘da davom etgan qurolli to‘qnashuvlarda 2300 dan ortiq harbiy xizmatchilar qurbon bo‘lgan. Bu haqda bugun, 14 noyabr kuni Armaniston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
"Bugungi kunga qadar sud-tibbiy ekspertiza xizmatiga vafot etgan 2317 nafar harbiy xizmatchining, shu jumladan noma’lum shaxslarning jasadlari keltirilgan va tekshiruvdan o‘tkazilgan. Dushman tomonidan qoldirilgan askarlarning jasadlarini almashtirish jarayoni endi boshlandi, ziddiyatda bo‘lgan tomonlar hozircha oxirgi raqamni bila olmaydilar, shu bilan birga bu harakatlar davom etmoqda”, deyiladi SSV bayonotida
Rasmiy Bakuga ko‘ra, Ozarbayjon va Armaniston Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari vositachiligi bilan Shusha shahri yaqinidagi janglarda halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashgan. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.
“Ozarbayjon Respublikasining Tog‘li Qorabog‘ mintaqasida joylashgan Rossiya tinchlikparvar kuchlarining vositachiligi va ishtiroki bilan Shusha shahri atrofidagi jang maydonida halok bo‘lgan bir nechta harbiy xizmatchilarning jasadlari to‘plandi. Shuningdek, ushbu tadbir doirasida Ozarbayjon armiyasining jang paytida u yerda halok bo‘lgan olti nafar harbiy xizmatchisining jasadlari qabul qilindi”, deyiladi xabarda.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi rossiyalik hamkasblariga va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguga ushbu gumanitar aksiyani tashkillashtirgani uchun minnatdorlik bildirgan.
27 sentyabrda Tog‘li Qorabog‘da vaziyat yomonlashdi, bahsli hududda faol janglar boshlandi. Baku va Yerevan 1988 yil fevralidan boshlab Ozarbayjon SSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qilganidan beri mintaqaga egalik qilish masalasida bahslashmoqda. 1992-1994 yillardagi qurolli to‘qnashuv paytida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ va unga qo‘shni yetti viloyat ustidan nazoratni yo‘qotgandi.
9 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzoladilar. Hujjat, xususan, Rossiyadan tinchlikparvar kuchlarni mintaqaga joylashtirishni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘da qariyb bir yarim oy davom etgan qurolli to‘qnashuvlarda 4 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi, 8 mingdan ziyod kishi jarohatlandi.
LiveBarchasi