Bu – davlat to‘ntarishi maqsadida uyushtirilgan gibrid terakt – Qozog‘iston Davlat kotibi

Olam

image

Qozog‘istondagi tartibsizliklar beqarorlik va undan keyingi davlat to‘ntarishiga qaratilgan gibrid teraktdir. Bu haqda mamlakat Davlat kotibi Yerlan Karin ta’kidladi. 

“Biz Qozog‘istonda beqarorlik va davlat to‘ntarishi maqsadida uyushtirilgan gibrid terror hujumiga duch keldik”, degan Karin “Xabar-24” telekanali efirida. 

Unga ko‘ra, hujumlar ortida kim turgani haqidagi savolga yakuniy javobni Qozog‘iston maxsus xizmatlari beradi. 

Karinga ko‘ra, KXSHT kontingentining jalb etilishi Qozog‘iston rasmiylariga mamlakat yaxlitligini himoya qilish imkonini berdi. 

“Hozir davlat yaxlitligini buzish maqsadida vaziyatni beqarorlashtirish va izdan chiqarish uchun deyarli barcha vositalar arsenalidan foydalanildi, mamlakatimiz bunga dosh berdi. Prezidentning qat’iy harakatlari, jumladan, KXSHT tinchlikparvar kontingentini taklif qilish qarori beqarorlik rejalarinini barbod qildi. Juda keskin vaziyat bor edi, hisoblash daqiqalab, soatlab davom etdi, shuning uchun qattiq, hal qiluvchi harakatlar qilish kerak edi va Prezident ularni qabul qildi. KXSHT kuchlarining ishtiroki bu barcha beqarorlik rejalarini barbod qildi. Tinchlikparvar kontingentning sa’y-harakatlari tufayli kuchlarimizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aksilterror operatsiyasini o‘tkazishga jamlash mumkin bo‘ldi ... bu davlat yaxlitligini himoya qilish imkonini berdi”, degan Karin.

Qozog‘istonda namoyishlar 

Qozog‘istonda norozilik aksiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boshlandi. Janaozen shahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming so‘m) ko‘tarilganidan norozi bo‘lib, ommaviy mitingga chiqdi. Tobora olovlangan namoyishlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau shahridagi “Intimak” maydonida namoyishchilar bilan uchrashgan. Uchrashuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytirish va Mang‘istau viloyatida gaz narxini litri uchun 50 tenge etib belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.    

Muzokara davomida tomonlar barcha yuzaga kelayotgan muammolarni konstruktiv muloqotning asosiy oqimida va amaldagi qonunchilik doirasida hal qilishga kelishib olgan.    

5 yanvar kuni, Qozog‘istonning amaldagi Hukumati iste’fo berdi. Prezident Qosim-Jomart To‘qayev Hukumat iste’fosini qabul qildi. Shuningdek, Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston Xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning o‘rnini Prezident To‘qayev egalladi.

Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Karim Masimov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini Yermek Sagimbayev egalladi.

Qozog‘istonda butun mamlakat bo‘ylab 19 yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shuningdek, shu kunlarda soat 23:00 dan 07:00 gacha komendantlik soati amalda bo‘ladi.

Prezident Respublika Saken Isabekovni davlat qo‘riqlash xizmati rahbari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

To‘qayev mamlakatdagi norozilik vaziyatiga Hukumat, xususan, Energetika vazirligi, shuningdek, “Kazmunaygaz” va “Kazakgaz” kompaniyalarini aybladi.

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatga cheklangan muddatga tinchlikparvar kuchlarni kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'istondagi vaziyat

Baholaganlar

103

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing