18 oktyabr. O‘zbekiston va jahonda qanday voqealar yuz berdi?

Jamiyat

image

Bugun, 18 oktyabr kuni O‘zbekiston hamda xalqaro maydonda qanday muhim vokealiklar sodir bo‘ldi? Bugun tarix zarvaraqlariga qanday muhr qo‘ya oldi? Eng muhim voqealarining qisqacha tafsiloti bilan qo‘yida tanishishingiz mumkin:

Jamiyat

Koronavirus bilan kasallanish holatlari kamaymoqda

2021 yil 17 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 181 312 nafarni tashkil etmoqda. So‘nggi sutkada 354 kishida koronavirus aniqlandi. 

“Maqsadim qonuniylikni targ‘ib qilish edi”. Bloger Bobur G‘aniyev faoliyatini to‘xtatdi

Yo‘l-patrul xizmati xodimlarini haqorat qilgani uchun 15 sutkaga qamalgan bloger Bobur G‘aniyev ozodlikka chiqib, blogerlik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Aytishicha, uning maqsadi qonuniylikni targ‘ib qilish bo‘lgan.

“Hurmatli yurtdoshlar men bir biznes boshladim. Shuning uchun, YouTube-kanalimni yuritishga vaqtim bo‘lmaydi. Meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman”, deydi bloger.

Toshkent metropoliteni “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidan chiqarildi

“Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi. 

Qolaversa, 2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari qurilishi belgilandi. Ular: Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor metro bekatlari.

Endi Prezidentning o‘z belgisi va bayrog‘i bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda Prezidentning o‘z belgisi va bayrog‘i bo‘ladi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga shunga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Qonun loyihasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, ya’ni o‘z belgisi va shtandarti (bayrog‘i) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.

Pentagon mansabdori O‘zbekiston bilan muzokara o‘tkazdi

AQSH Mudofaa vazirining maxsus operatsiyalar va past darajadagi nizolar bo‘yicha yordamchisi Kristofer Mayer O‘zbekistonda chegara xavfsizligi masalalasini muhokama qildi.

Mahalla xodimlarining maoshi oshiriladi

Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o‘rni hamda rolini kuchaytirish, ularning aholi kundalik muammolari bilan ishlash va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi mavqeini mustahkamlash, shuningdek, fuqarolar yig‘ini xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash orqali tizimning samaradorligini oshirish maqsadida mahalla xodimlarining maoshi oshiriladi. 

Olam

Zelenskiy maxfiy boyliklari borligini tan oldi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy davlat rahbari etib saylanguncha uning offshor hisoblari bo‘lganini tan oldi. 

U Ukraina soliqchilaridan himoyalanish uchun ofshorlar kerak bo‘lganini ta’kidlagan. Zelenskiyga ko‘ra, Vikrot Yanukovich Prezidentligi davrida (2010 - 2014) hamma o‘z biznesini “tuzgan”. 

ODKB Tojikiston-Afg‘oniston chegarasida mashqlar boshladi

Tojikistonda bugun, 18 oktyabrdan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlarini boshladi. 

Joriy yilning 18-23 oktyabr kunlari Markaziy Osiyo mintaqasida "Jangovar birodarlik-2021” mashg‘ulotlari doirasida “Eshelon-2021”, “Qidiruv-2021” maxsus mashg‘ulotlari va "O‘zaro hamkorlik-2021" qo‘shma mashg‘uloti o‘tkaziladi. Xabarga ko‘ra, ularda 4000 kishi va 500 dan ortiq texnika birligi ishtirok etadi. 

Lavrov Rossiya NATOdagi doimiy missiyasi faoliyatini to‘xtatishini ma’lum qildi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mamlakat noyabr oyining boshidan mamlakatning NATOdagi doimiy missiyasi faoliyatini to‘xtatishini aytdi. Bunga Shimoliy Atlantika alyansi Rossiyadagi doimiy vakolatxonasining sakkiz nafar xodimini akkreditatsiyasini bekor qilishi sabab bo‘lgan.

Moskvaga mehnat muhojirlari oqimi keskin kamaydi

Oxirgi 20 yil ichida birinchi marta Rossiya poytaxti Moskvaga mehnat muhojirlari oqimi keskin kamaydi. Bunday holat 2008-2009 yillarda moliyaviy inqiroz vaqtida yuz bergan. Ammo, o‘sha paytda ham mamlakatdan chiqib ketish bu qadar bo‘lmagan.

Sport

“Bavariya” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Bugun, 17 oktyabr kuni Myunxenning “Bavariya” klubi Germaniya Bundesligasining sakkizinchi turida Leverkuzenning “Bayer”ini ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uchrashuv myunxenliklarning yirik 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Niderlandiyada futbol o‘yinida muxlislar to‘la tribuna qulab tushdi

Kecha, 17 oktyabr kuni Niderlandiya chempionati 9-turi doirasida NEK o‘z uyida “Vitess” klubini qabul qildi, unda mehmonlar NEK bilan safardagi derbida sakkiz yil ichida ilk marta g‘alabaga erishdi. 16-daqiqada Nikolay Frederiksen Ussama Darfaluning uzatmasini golga aylantirdi. Lekin bu g‘alabani nishonlash unchalik yaxshi o‘tmadi, sababi sal qolsa bu g‘alaba fojiali tarzda yakunlanishi mumkin edi.

O‘zbekistonlik sambochilar JCHda tarixiy natija qayd etdi

Joriy yilning 15-17 oktyabr kunlari Gretsiyaning Saloniki shahrida bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi jami to‘rttala yo‘nalishda ham kuchli uchlikka kira oldi.

Unda o‘zbekistonlik sambochilar 4 ta: yoshlar, qizlar, o‘smirlar va o‘smir qizlar yo‘nalishining barchasida kuchli uchlikka kira olishdi. Jumladan, o‘smirlar umumiy hisobda medal jamg‘arish bo‘yicha ikkinchi o‘rin, qizlar (yoshlar) terma jamoasi esa Jahon chempionatini uchinchi pog‘onada yakunladi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

dayjest

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing