O‘zbekiston Afg‘onistondagi vaziyatdan chuqur tashvishdaligi ma’lum qilindi
Jamiyat
−
06 yanvar 2023
9877O‘zbekiston Afg‘onistonda xotin-qizlarning oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiqlardan chuquqr tashvishda. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan bayonotda so‘z borgan.
“Afg‘onistonda xotin-qizlarning davlat va xususiy oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olishiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarni chuqur tashvish bilan qabul qildik.
Afg‘on xalqining tinch va farovon kelajakni barpo etish yo‘lidagi intilishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qat’iyat belgisi sifatida ushbu qaror qayta ko‘rib chiqilishiga umid qilamiz”, deyiladi rasmiy Toshkent mulohazalarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 dekabr kuni “Tolibon” harakati mamlakat universitetlaridan talaba qizlar uchun darslarni keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatishni talab qildi. Buning ortidan AQSH ma’muriyati o‘z ittifoqchilari bilan birgalikda Afg‘onistondagi oliy o‘quv yurtlarida qizlarning o‘qishi to‘xtatilgani munosabati bilan “Tolibon” harakatiga qarshi chora ko‘rishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.
"Tolibon"ga ko‘ra, bunday qarorga “[universitet] yotoqxonalarida ayollarning bo‘lishi va ularning viloyatlardan [o‘qish uchun] erkaklar hamrohligisiz kelishi, talaba qizlarning hijob o‘rash qoidalariga rioya qilmasligi, erkak va ayolning birgalikda o‘qishi, ba’zi fakultetlarda qizlarning o‘qitilishi islom qonunlariga zid va afg‘onlarning g‘ururiga putur yetkazishi sabab bo‘lgan.
LiveBarchasi