Afğonistondagi kurerlardan 5,3 kg “opiy” olgan ikki şaxs uşlandi (video)
3-sahifa
−
12:44 288 1 daqiqa
Surxondaryo viloyatida 5 kilogramm 362 gramm “opiy” moddasini sotişga uringan ikki nafar şaxs qölga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, DXXning Surxondaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan DXX Çegara qöşinlari hamda viloyat Içki işlar boşqarmasi bilan hamkorlikda Termiz tumanida tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida 1972 va 1995 yillarda tuğilgan, Termiz şahrida yaşovçi ikki nafar fuqaro şartli xaridorga 5 dona öramdagi, umumiy oğirligi 5 kilogramm 362 gramm bölgan “opiy” moddasini sotayotgan vaqtda uşlangan.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, giyohvandlik vositalari ularga qöşni Afğonistondagi narkokurerlar tomonidan yetkazib berilgan.
Qayd etilişiça, uşlangan şaxslarning biri muqaddam öğrilik, ikkinçisi esa giyohvandlik vositalari bilan boğliq jinoyat sodir etgani uçun sudlangan.
Bildirilişiça, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent şahri va Toşkent viloyatida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida 2 kilogramm “opiy” ekstrakti, 550 gramm “gaşiş” va 100 gramm “mefedron” musodara qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi