Jonson Putinni timsohga qiyosladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish xuddi oyoqni tishlayotgan timsoh bilan muzokara o‘tkazishdek gap. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson “Bloomberg” agentligiga bergan intervyusida ta’kidladi.

“Timsoh sizning chap oyog‘ingizni yeyayotganda u bilan qanday muzokara qilish mumkin. Putin aynan shunday qilyapti. U mojaroni muzlatib qo‘yishga harakat qilmoqda. Albatta, biz urushni to‘xtatishimiz kerak, bu juda zarur. Ammo buni tugatishning yagona yo‘li — Putin o‘zining bu “denatsifikatsiyasi” sodir bo‘lganini tan olishi. Shunda u mojarodan or-nomus bilan chiqib keta oladi”, deydi Jonson.

Ukrainaga ko‘proq hujum qurollari, jumladan uzoq masofaga mo‘ljallangan yalpi hujum reaktiv tizimlari zarurligini qo‘shimcha qildi. Shuningdek, Putin o‘zi va rus harbiylari uchun katta xarajat evaziga Donbassda yerni “kemirishda” davom etishidan qo‘rqishini bildirdi.

“U asta-sekin, lekin qo‘rqamanki, sezilarli yutuqlarga erishishni davom ettirmoqda va shuning uchun biz ukrainaliklarni harbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz juda muhim. Menimcha, ruslarni Kiyev darvozasidan ortga itarib yuborgan ukrainaliklarning aql bovar qilmaydigan qahramonligi biz tomondan qo‘llab-quvvatlanishi juda katta ahamiyatga ega”, deydi Britaniya Bosh vaziri.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Putin

Baholaganlar

9

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing