Yaponiya Kaxovka GESi portlashidan jabrlanganlarga gumanitar yordam bermoqchi

Olam

image

Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida bugun, 9 iyun kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Kyodo agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni paytda bu masala ustida ish olib borilmoqda. Agentlik xabariga ko‘ra, bo‘lajak muzokaralar chog‘ida Kaxovka GESining vayron bo‘lishi oqibatlaridan jabr ko‘rganlarga Yaponiya tomonidan shoshilinch insonparvarlik yordami ko‘rsatish masalasi muhokama qilinishi mumkin. 

Bugun, 9 iyun kuni ertalab Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayashi imkon qadar tezroq bunday yordam ko‘rsatish zarurligi haqida gapirib, ayni paytda bu masala ishlab chiqilayotganini ta’kidlagan.

Avvalroq, Kisida va Zelenskiy oxirgi marta may oyi oxirida Xirosimada gaplashgan, u yerga Ukraina Prezidenti shaxsan G7 sammitida ishtirok etish uchun borgan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 iyun kuni ertalab Ukrainaning vaqtinchalik Rossiya tomonidan egallangan Xerson viloyatidagi Kaxovka GESi to‘g‘on portlashi oqibatida vayron  bo‘lgandi. Buning oqibatida aholi yashash punktlari suv ostida qoldi va Xerson viloyatida favqulodda holat joriy qilindi. BMT Xavfsizlik kengashi ham mazkur masalani ko‘rib chiqdi. Kiyev va Moskva stansiyadagi portlashda bir-birini aybladi. Rossiya Tergov qo‘mitasi Kaxovka GESi vayron qilinishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. NATO, Yevropa Kengashi va Germaniya esa portlashda Rossiyaning qo‘li borligini aytdi. Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa Ukraina GESga hujum qilishni reja qilganini oldindan bilganini bildirdi. Kaxovka GESi o‘rnida yangi stansiya qurish uchun kamida besh yil vaqt va bir milliard grivna (27 million dollar) kerak bo‘lishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina GES Kaxovka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing