Vahimaga tushgan BMT, 9 yilda fosh bo‘lgan qotillik, “shpion”likda ayblanayotgan o‘zbekistonlik... Bugun nimalar bo‘ldi?

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston hamda xalqaro maydonda muhim vokealiklar sodir bo‘ldi. BMT dunyo davlatlari va’dasini bajarmayotganidan xavotirga tushgan bo‘lsa, O‘zbekistonda bir necha qonunchiliklarga o‘zgartirish kiritildi. Sportdan so‘z borganda Jalolov O‘zbekistonning boks bo‘yicha JCH uchun e’lon qilingan tarkibiga qo‘shilmaganini qayd etish mumkin. Shu kabi muhim xabarlarning qisqacha tafsiloti bilan quyida tanishing.  

Jamiyat 

Navoiyda hamshira bemorni kaltaklagani aytilmoqda. SSV holatga izoh berdi

Kecha, 19 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Karmana tumanidagi shifoxonalardan birida tibbiyot xodimi va shifokor qabuliga kelgan bemor o‘rtasida yuz bergan tortishuv aks etgan videolavha tarqaldi.

Mazkur holat Navoiy viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan shu kunning o‘zidayoq nazoratga olinib, o‘rganishlar olib borildi.

Nega poytaxtda “maska”lilar tungi reydga chiqmoqda? 

Shu kunlarda poytaxt Toshkent ko‘chalarida qora niqobdagi bir guruh askar qurollangan shaxslar va yo‘l-patrul xizmati xodimlari yo‘lning asosiy qatnov qismini to‘sib qo‘ygan holda mashinalarni to‘xtatib, avtomobillar saloni va haydovchilarni tintuv qilayotgani fuqarolar e’tiboriga tushgan. Bunday voqealar asosan eski O‘zbekistonda favqulodda holat e’lon qilinganda yoki davlat tadbirlari oldidan ro‘y berar edi. Mazkur holat bo‘yicha QALAMPIR.UZ Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shoxruh G‘iyosov bilan bog‘landi. Uning aytishicha, bu kabi ishlar “Xavfsiz hudud” maxsus dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Ayrim mahsulotlarga import boji qo‘llanilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha sun’iy mo‘yna, zig‘irpoya tolasidan to‘qilgan gazlamalar, sun’iy tolalardan tayyorlangan gazlamalar, shisha iplar, shisha tolali matolar kabi xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarga import bojxona boji “nol” stavkada qo‘llaniladi.

Senatorlar tadbirkorlikka oid qonun loyihasini qaytardi

Bugun, 21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida “Ijtimoiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar berdi.

Senatorlar tomonidan Qonunda qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan bir qator normalar mavjudligi, xususan, unda nazarda tutilayotgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari amaldagi boshqa qonunlarda belgilangan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga nomuvofiqligi qayd etildi.

Buxoroda 18 yoshli qizni fohishalikka majburlaganlar qo‘lga tushdi

Buxoroda odam savdosi bilan shug‘ullanib, 18 yoshli qizni fohishalik qilishga majburlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular mijozdan 800 ming so‘m olayotganda ushlangan.

Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Bugun, 21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi. Qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

9 yil oldin fuqaroni o‘ldirib, jasadni dalaga ko‘mib tashlagan shaxslar ushlandi

Bundan 9 yil oldin Qashqadaryoda fuqaroni o‘ldirib, jasadini ko‘mib ketgan shaxs ushlandi. 

Aniqlanishicha, 2012 yil 24 yanvarda Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, “Qorabo‘yin” mahallasida yashagan T.G‘. o‘ziga tegishli Nexia-2 rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Transport sohasida 2,5 yilda necha milliard “rastrata” qilingani ma’lum bo‘ldi

2019-2020 yillar hamda joriy yilning birinchi yarmida transport sohasidagi korxona va tashkilotlarning 375 nafar xodimi jinoiy javobgarlikka tortilgan va ularning 358 nafari (95 foizi) korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etgan. Ushbu jinoyatlar ortidan 24 mlrd mablag‘ talon-toroj qilingan.

“Minor” masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi

Bugun 21 oktyabr O‘zbekiston musulmonlari idorasida Toshkent shahar imom-xatiblari va imom noiblari o‘rtasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda Toshkent shahri bosh imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Shayx Sayyid Rahmatulloh Termiziy Yunusobod tumanidagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasi ham yuklatildi.

Vaksina olgan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi

2021/2022 o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan (superkontrakt) to‘lov shartnoma asosida o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat etildi. Shuningdek, koronavirusga qarshi emlangan talabalarga chegirma berish muddati uzaytirildi.

Olam

Turkiyada O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi. U “shpion”likda ayblanmoqda

Turkiyada harbiy va siyosiy josuslik, shuningdek chechen muxolifatchilariga hujum tayyorlaganlikda ayblanib, to‘rt rossiyalik, bir ukrainalik va bir O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

Rossiyada “delta”ning xavfli turi aniqlandi

Rossiyada “delta” shtammining mutatsiyalashgan turi bo‘lgan AY.4.2 koronavirusining yangi variantiga chalinish holatlari aniqlandi. 

Qirg‘izistonda soxta olma ichida narkotik olib o‘tayotgan o‘zbekistonlik haydovchi ushlandi 

Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi bojxona terminalida tezkor xodimlar tomonidan qiymati yarim million dollarlik 10 kgdan ortiq metamfetamin qo‘lga olindi. 

Elchixona AQSHga kirishning shartini ma’lum qildi

Joriy yilning 15 oktyabrida qabul qilingan Oq uy qaroriga ko‘ra, 2021 yil 8 noyabrdan boshlab AQSHga safar qilayotgan chet el fuqarolari COVID-19 ga qarshi to‘liq emlanganliklarining isbotini taqdim etishlari talab etiladi.

BMT xavotirda: dunyo davlatlari va’dasini buzmoqda

Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash doirasida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga va’da berilganiga qaramay, ko‘plab davlatlar 2030 yilga kelib energiya resurslarini qazib olishni ikki barobar ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. Insoniyat bunday yondashuv bilan global isishning chegaralarini 1,5 daraja atrofida ushlab tura olmaydi.

Erdo‘g‘an Buxoriyga terrorchilikka qarshi kurashda ko‘maklashmoqchi

Turkiya G‘arbiy Afrikaning muhim davlatlaridan biri bo‘lgan Nigeriya bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor. 

Turkiya Prezidentining ta’kidlashicha, Anqara Fathulloh Gulen terrorchilik tashkiloti (FETO) Nigeriyaga ham xavf solayotgani haqida ogohlantirgan. 

Pokistondagi zavodda yirik portlash sodir bo‘ldi 

Bugun, 21 oktyabr kuni Pokistonning Panjob viloyati Lahor shahridagi ichimliklar zavodida yirik portlash sodir bo‘ldi. Portlash oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi yaralangan. 

Sport 

O‘zbekistonlik dzyudochi 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016 Olimpiya o‘yinlari sovrindori, Osiyo o‘yinlari g‘olibi, Osiyo chempionati kumush medali hamda ko‘plab turnirlarda ishonchli g‘alabalarga erishgan sportchi Diyorbek Urozboyevdan olingan doping-sinamada taqiqlangan modda aniqlandi.

Jalolov yo‘q! O‘zbekistonning boks bo‘yicha JCH uchun tarkibi e’lon qilindi

Bugun, 21 oktyabr kuni O‘zbekiston boks terma jamoasining 2021 yildagi eng muhim ikkinchi musobaqa Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi rasman e’lon qilindi.

“Chelsi” hujumchisiz qoldi

Angliyaning “Chelsi” klubi o‘zining asosiy 2 hujumchisini yo‘qotdi, endi jamoada nominal hujumchi yo‘q.

Kecha, 20 oktyabr kuni Chempionlar Ligasi 3-turi doirasida “Malmyo”ga qarshi bahsda londonliklarning ikki hujumchisi Romelu Lukaku va Timo Verner jarohat oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing