Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish kiritilmoqda

Jamiyat

image

Bugun, 21 oktyabr kuni Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun muhokama qilindi. Qonun bilan amaldagi Bojxona kodeksining 81 ta moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Jumladan, 70 ta moddaga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, 10 ta yangi modda bilan to‘ldirilmoqda va 1 ta modda chiqarib tashlanmoqda.

Taklif etilayotgan asosiy o‘zgartirish va qo‘shimchalar quyidagilardan iborat:

Bojxona nazoratini soddalashtirish yo‘nalishida bojxona rasmiylashtiruvi muddati 3 kundan 1 kunga qisqartirilmoqda, tovar va transport vositalarini tegishli bojxona rejimlariga joylashtirish maqsadida talab etiladigan ruxsatnomalar berish tartibi bekor qilinmoqda;

Shuningdek, qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan tovarlarning chiqish normasini vakolatli shaxslar tomonidan belgilashning huquqiy asosi belgilanmoqda;

Bojxona to‘lovlari to‘lanishini soddalashtirish yo‘nalishida esa, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati muvofiqlashtirilmoqda;

Bundan tashqari, Bojxona kodeksi yangi moddalar bilan to‘ldirilmoqda. Xususan, bojxona va tadbirkorlar o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tizim kiritilmoqda.

Qayd etilishicha, Bojxona organlarining xatti-harakatlari bilan bog‘liq 2019 yilda 15 ta va 2020 yilda 29 ta nizoli ishlar ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lib, bu tadbirkorlarning turli sud instansiyalaridagi ovoragarchiligiga sabab bo‘lgan.

Taklif etilayotgan yangi tizim yordamida mavjud nizolarni dastlab bojxona organlarida hal etish va bu orqali sudda ko‘rilayotgan nizolarni o‘rtacha ikki barobarga qisqartirishga erishiladi.

Qonunning qabul qilinishi bojxona ishi sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinishi hamda Bojxona kodeksida mavjud huquqiy bo‘shliqlar to‘ldirilishiga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing