O‘limdan qolgan bolakay, TRADE-IN dasturi, ommalashayotgan FaceApp va kunning boshqa xabarlari

Jamiyat

19 iyul, juma kuni ham nihoyasiga yetyapti. Quyida bugunning eng muhim xabarlariga to‘xtalib o‘tamiz.

TRADE-IN: Endi avtomobilingizni yangisiga almashtirish mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda “O‘zavtosanoat” AJning mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini rasmiy dilerlik tashkiloti (keyingi o‘rinda – rasmiy diler)ga xaridorlar tomonidan ilgari foydalanilgan o‘zlariga tegishli avtotransport vositalarini topshirish hamda ular qiymatidagi farqni to‘lash orqali mahalliy avtomobillarning yangisini xarid qilish imkonini beruvchi “TRADE-IN” dasturini 2019 yil 1 oktyabrdan tatbiq etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Pora evaziga OTMga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent Davlat agrar universitetining Termiz filiali mas’ul xodimi “J.E.” Denov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning jiyanini o‘zi faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritishni va’da qilib, evaziga undan 1 900 AQSH dollarini o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shifokor klinik o‘lim holatidagi bolaning hayotini saqlab qoldi (video)

Toshkentdagi klinikalardan birida shifokor Sergey Vladimirovich  ota-onasi tomonidan klinik o‘lim holatida (nafas olishi to‘xtab qolgan) olib kelingan bolakayning hayotini saqlab qolgan.

QALAMPIR.UZ muxbiri bolakayni qutqarib qolgan otorinolaringolog Sergey Tobias bilan suhbatlashdi. U bizga bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi.

Namangan viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxo‘ja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Mudhish YTHda ikki kishi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yuz bergan mudhish yo‘l-transport hodisasi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi. Kecha, 18 iyul kuni soat 19:00 larda Xovos tumanida Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashagan 39 yoshli D.R. Spark avtomobilida “Zomin-Toshkent” yo‘lining 122-km.da ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning chetiga ag‘darilib ketgan.

Toshkentda yana bir bayroq maydoni ochildi

Bayroq, bugun, 19 iyul kuni Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Ohangaron va Husayn Boyqaro ko‘chalari kesishmasidagi “Suvsoz” aylanmasi markazida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i  o‘rnatiladi. Uning balandligi 35 metrni tashkil etadi.

Hokimlarning uy-joy bo‘yicha vakolati kamayadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”ni qonun loyihasi joylashtirildi.

Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrda qabul qilingan Uy-joy kodeksining 15-moddasidagi (Turar joyni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga o‘tkazish) “hokimlarining qaroriga” degan so‘zlar “qurilish bo‘limlarining ruxsatnomasiga” degan so‘zlar bilan almashtiriladi.

Avtobuslar oynasining “tonirovka” qilinishi Oliy Majlisda hal bo‘ladi

O‘zbekistonda jamoat transportlari oynasining tusini o‘zgartirish taklif qilindi. “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida joylashtirilgan petitsiya qisqa vaqt ichida 10 000 ta ovoz to‘plab ulgurdi. Endilikda tegishli tartibda Oliy Majlis palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Masala yuzasidan chiqarilgan qaror “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga joylashtiriladi.

FaceApp orqali qariganlar 100 milliondan oshdi

Ijtimoiy tarmoqlarda keksayish aksiya jadal tarzda davom etmoqda. So‘nggi 10 kunlikda ijtimoiy tarmoqlar san’atkorlar, sportchilar, siyosat va jamoat arboblarining qanday keksayishi taxminiy aks etgan suratlar bilan to‘lib toshdi. Buning ortidan oddiy odamlar, ayniqsa, yoshlar ergashib, FaceApp dasturining mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shishmoqda.

Trampdan tortib Putingacha, Ronaldudan tortib o‘zimizning xonanda Lola Yo‘ldoshevagacha ushbu dastur orqali “qaritilgan”. Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov ham o‘zining taxminiy keksaygani aks etgan suratni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi. 

Vaziyat og‘irlashyapti. Eron yirik tankerni qo‘lga oldi

Eronning Islom inqilobi posbonlari korpusi Fors ko‘rfazida xorijiy tanker va uning 12 kishilik ekipaji qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Rasmiy Tehron tankerda million litr kontrabanda yoqilg‘i olib ketilayotganini iddao qilyapti.

Eron davlat televideniyesining ma’lum qilishicha, tanker 14 iyul, yakshanba kuni ushlangan. Kema qanday bayroq ostida harkatlangani, kimga tegishli bo‘lgani noma’lum.

Senator FaceApp bo‘yicha maxsus xizmatdan izoh so‘radi

Amerikalik senator Chak Shumer suratlarni o‘zgartirib beruvchi FaceApp dasturi amerikaliklar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin deb hisoblayapti. Bu haqda u Federal qidiruv byurosiga (FQB) yuborgan murojaatida aytib o‘tgan.

“FQB va Federal savdo missiyasi milliy xavfsizlik va maxfiylikka bo‘lgan xavflarni ko‘rib chiqishi kerak. Negaki millionlab amerikaliklar undan (FaceApp`dan) foydalandi”, deydi Shumer.

Totalizatorda ishtirok etgan futbolchi jazolandi

"Liverpul" klubining sobiq futbolchisi Daniyel Starrij sportga pul tikish qoidalariga amal qilmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli futbolchi o‘z akasi Leonga 2018 yilning yanvarida o‘zining “Sevilya” klubi safiga o‘tishi bo‘yicha transferning amalga oshishi bo‘yicha ma’lumotga ishontirib, pul tikishni taklif qilgan.

MYU ketishni xohlayotgan Lukaku o‘rniga hujumchi topdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Romelu Lukaku Milanning “Inter” klubiga o‘tishni xohlamoqda. Italiya klubi bosh murabbiyi Antonio Konte ham forvardni o‘z jamoasida ko‘rish niyatida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing