Ukraina urushi: Rossiya asosiy kuchlarini qayerga yo‘naltirgani ma’lum qilindi
Olam
−
05 mart 2022
21720Rossiya qo‘shinlari asosiy e’tiborni Kiyev, Xarkov shaharlarini qamal qilish va bosib olingan Qrim bilan quruqlik yo‘lagi yaratishga qaratmoqda. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ma’lum qildi.
Bosh shtab ma’lumotlariga ko‘ra, rus qo‘shinlarining asosiy harakatlari shaharlar va Xarkovni o‘rab olishga qaratilgan. Rossiya tomoni Lugansk va Donetsk viloyatlarining ma’muriy chegaralariga chiqib, kelajakda bosib olingan Qrim bilan quruqlik yo‘lagi yaratish niyatida.
Shuningdek, Poleseda rus bo‘linmalari Borodyanka hududidagi yo‘llarni to‘sish uchun muhandislik ishlarini boshlagan. Shibene va Katyujanka hududlarida bo‘linmalar to‘xtatildi.
“Rossiya Qurolli Kuchlari Xarkov va Mariupol tomon harakat qilayotgan oldingi otryadlari tarkibida vaqtincha ishg‘ol qilingan Donetsk va Lugansk viloyatlaridan safarbarlik resursidan foydalanmoqda.
Tavrid tomondan rus bo‘linmalari Zaporoje yo‘nalishi bo‘yicha hujumni davom ettirishga harakat qilmoqda va Rossiya Qurolli Kuchlari G‘arbiy harbiy okrugining qo‘shma qurolli armiyasi bo‘linmalari Xarkovni aylanib o‘tib, janubi-g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanishga harakat qilmoqdalar”, deyiladi Bosh shtab bayonotida.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.
Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.
Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.
LiveBarchasi