Toshkentdagi nufuzli OTM onlayn ta’limga o‘tdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida darslar onlayn shaklda davom etadi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan hafta mobaynida OTMning kam sonli talabalari orasida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Kasallikning talaba va o‘qituvchilar orasida tarqalishini oldini olish maqsadida universitetda o‘quv jarayoni 14 kunga masofaviy (onlayn) shaklga o‘tkazilgan.

Mashg‘ulotlar universitetning Moodle masofaviy ta’lim tizimi orqali davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkentdagi Inha universiteti, Toshkent transport universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabalarida koronavirus aniqlandi. Shuningdek, Moliya instituti ehtiyot chorasi sifatida masofaviy ta’lim shakliga o‘tgandi.

Keyinroq, Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, O‘zbekiston Islom akademiyasi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali, Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti va Toshkent tibbiyot akademiyasi ham o‘qishning masofaviy shakliga o‘tkazilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

309

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing