O‘zbekistonda koronavirus antirekordi yangilandi. Bemorlar keskin ortmoqda
Jamiyat
−
17 yanvar 2022
14438O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tobora keskin tus olmoqda. Kecha, 16 yanvar kuni mamlakat 1000 dan ortiq yangi bemor aniqlandi. Shuni ta’kidlash lozimki, o‘tgan safar eng ko‘p bemor 2021 yilning 5 avgust kuni aniqlangan bo‘lib, shuni kuni 974 kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilingan edi.
16 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1037 nafarga ortib, 206122 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 39 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 25 nafari Andijon viloyatida;
• 30 nafari Buxoro viloyatida;
• 40 nafari Jizzax viloyatida;
• 8 nafari Navoiy viloyatida;
• 32 nafari Namangan viloyatida;
• 55 nafari Samarqand viloyatida;
• 22 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 15 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 29 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 35 nafari Xorazm viloyatida;
• 172 nafari Toshkent viloyatida;
• 535 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 23 nafar;
• Buxoro viloyatida 18 nafar;
• Jizzax viloyatida 53 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 15 nafar;
• Navoiy viloyatida 6 nafar;
• Namangan viloyatida 30 nafar;
• Samarqand viloyatida 32 nafar;
• Sirdaryo viloyatida 7 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 14 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 24 nafar;
• Xorazm viloyatida 27 nafar;
• Toshkent viloyatida 59 nafar;
• Toshkent shahrida 140 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199193 (+448) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1518 nafarni tashkil qilgan.
LiveBarchasi