O‘zbekistonda bir sutkada 900 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
18 yanvar 2022
6843Kecha, 17 yanvar kuni O‘zbekistonda 935 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 207 057 nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
• 30 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
• 23 nafari Andijon viloyatida;
• 28 nafari Buxoro viloyatida;
• 32 nafari Jizzax viloyatida;
• 18 nafari Qashqadaryo viloyatida;
• 9 nafari Navoiy viloyatida;
• 39 nafari Namangan viloyatida;
• 57 nafari Samarqand viloyatida;
• 24 nafari Sirdaryo viloyatida;
• 16 nafari Surxondaryo viloyatida;
• 26 nafari Farg‘ona viloyatida;
• 33 nafari Xorazm viloyatida;
• 134 nafari Toshkent viloyatida;
• 466 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasida 38 nafar;
• Andijon viloyatida 36 nafar;
• Buxoro viloyatida 10 nafar;
• Jizzax viloyatida 29 nafar;
• Qashqadaryo viloyatida 13 nafar;
• Navoiy viloyatida 4 nafar;
• Namangan viloyatida 27 nafar;
• Samarqand viloyatida 52 nafar;
• Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
• Surxondaryo viloyatida 11 nafar;
• Farg‘ona viloyatida 39 nafar;
• Xorazm viloyatida 20 nafar;
• Toshkent viloyatida 182 nafar;
• Toshkent shahrida 197 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 199872 (+679) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1522 nafarni tashkil qildi.
LiveBarchasi