Qayerda bepul PZR test topshirish mumkinligi ochiqlandi
Salomatlik
−
17 yanvar 2022
13562Ma’lumki, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kun sayin jiddiy tus olmoqda. Kecha, 16 yanvar kuni mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq antirekord yangilandi. Kecha koronavirus aniqlangan 1037 nafar bemorning 535 nafari esa Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ayni kunlarda poytaxtda koronavirus infeksiyasiga bepul PZR test o‘tkazadigan laboratoriyalarga ehtiyoj tobora ortmoqda. Shularni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida 24 soat davomida ishlaydigan COVID poliklinikalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus COVID poliklinikalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Ularda koronavirusga qarshi PZR test sinamalari har kuni 24 soat davomida topshirilishi mumkin.
Shuningdek, fuqarolar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining har bir tuman va shahar bo‘limlarida ham shunday imkoniyatdan foydalanishlari mumkin.
Quyida ushbu xizmatning poytaxtdagi 12 ta PZR tahlili o‘tkazish laboratoriyasi manzillari haqida ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.
• Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining Toshkent shahar boshqarmasi laboratoriyasi
Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy.
• Uchtepa tumani bo‘limi laboratoriyasi
Uchtepa tumani, Chilonzor 21.
• Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasi
Sergeli tumani, Sergeli 3-14.
• Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasi
Chilonzor tumani, Lutfiy-4-14.
• Yunusobod tumani bo‘limi laboratoriyasi
Yunusobod tumani, Yunusobod 8-34.
• Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi laboratoriyasi
Mirzo Ulug‘bek tumani, Qarmoq ko‘chasi, 1 A-uy.
• Bektemir tumani bo‘limi laboratoriyasi
H.Boyqaro ko‘chasi, 48-uy.
• Mirobod tumani bo‘limi laboratoriyasi
Sarako‘l ko‘chasi, 76-uy.
• Shayxontohur tumani bo‘limi laboratoriyasi
Xadra massivi, 17 A-uy.
• Yashnobod tumani bo‘limi laboratoriyasi
Maxtumquli ko‘chasi, 1-berk, 6-uy.
• Yakkasaroy tumani bo‘limi laboratoriyasi
Bobur ko‘chasi, 2-berk A 22-uy.
• Yangihayot tumani aholisi Sergeli tumani bo‘limi laboratoriyasiga murojaat etadi
Sergeli tumani, Sergeli 3-14.
Eslatib o‘tamiz, ushbu laboratoriyalarda PZR test tahlillari har kuni 24 soat davomida bepul o‘tkaziladi.