2015 yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotish umrbod taqiqlanadi

Olam

−

image

Turkiyada 2015 yildan keyin tug‘ilgan insonlar uchun sigaret sotilishi va chekilishi butun umr taqiqlanish arafasida. Tasdiqlanishi kutilayotgan qaror ichida yana boshqa bir necha moddalar ham bor. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining Turkiya Deputatlar Majlisi e’tiboriga taqdim qilishga tayyorlanayotgan qaror taklifi rejasiga ko‘ra ayollar va bolalar orasida keng tarqalgan “slim” (ingichka) sigaretlar sotuvi butkul bozordan chiqariladi. Tayyorlangan reja joriy yilning oktyabr oyida Deputatlar Majlisiga taqdim qilinadi. Bu bilan tamaki mahsulotlaridan foydalanish foizini tushirish maqsad qilinyapti.

Yashiloy Bilim tashkiloti a’zosi va Sog‘liqni saqlash bilimlari universiteti o‘qituvchisi professor Toker Ergudar ayollarda sigaret chekish foizining oxirgi 10-15 yilda taqriban 40-50 foiz ortgani, 15-24 yosh ayollarda esa 90 foiz oshganini ma’lum qilgan.

Ayollar va bolalarni tamaki mahsulotlaridan himoya qilishni ko‘zda tutgan qaror rejasida voyaga yetmagan shaxslarning sotish nuqtasida karta yoki pasport identifikatsiya qilishi tizimlari amalga oshirilishi kutilyapti.

Restoran va oshxonalarning ochiq maydonlarida ham sigaret chekish qat’iyan taqiqlanadi. Park, bog‘ va jamoatchilik binolarining xovlilarida chetdan ko‘rinmaydigan darajada mahsus hududlar tashkil qilinadi. Mamlakat bu bosqichli cheklovlar bilan 2040 yilgacha Turkiya miqyosida tamaki mahsulotlarining ishlab chiqarilishi va sotilishini butkul nihoyasiga yetkazishni reja qilyapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya parlamenti “Tamaki mahsulotlari va veyplar to‘g‘risida”gi qonunni (Tobacco and Vapes Bill) yakuniy tarzda tasdiqlagani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, 2009 yil 1 yanvarda yoki undan keyin tug‘ilgan barcha fuqarolar uchun sigaret sotilishiga umrbod taqiq joriy etildi.

Azizbek Hamdamov


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing