Rossiya BMTdan rad javobini oldi

Olam

image

BMT Xavfsizlik kengashi kecha, 23 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlamadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Rossiya va Xitoy loyihani yoqlab, ovoz berdi, Xavfsizlik Kengashining birorta a’zosi qarshi ovoz bermadi, Kengashning boshqa 13 a’zosi (Fransiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika, Norvegiya, Albaniya, Braziliya, Gabon, Gana, BAA) betaraf qolgani aytilmoqda.

Rezolyutsiya qabul qilinishi uchun BMT Xavfsizlik Kengashining 15 a’zosidan kamida to‘qqiz a’zosi (beshta doimiy va o‘nta doimiy bo‘lmagan a’zo) tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kerak. Shunda ham doimiy a’zolardan biri veto huquqidan foydalanishi mumkin.

Ukrainadagi gumanitar vaziyat bo‘yicha rezolyutsiya Fransiya va Meksika o‘z versiyasi bo‘yicha kelishishdan bosh tortib, ko‘rib chiqish BMT Bosh Assambleyasiga uchun taqdim etganidan keyin Rossiya tomonidan tayyorlangandi. Rossiya loyihasining hammualliflari Belarus, Shimoliy Koreya va Suriya edi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegaradagi tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

117

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing