Ozarbayjon vaziri Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Shaxin Mustafoyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, mamlakatlarimizning an’anaviy yaqin va do‘stona munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Shaxin Mustafoyev davlat rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistiki loyihalarini ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi sammitga tayyorgarlik doirasida Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish, birinchi Hududlararo forumni tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Bungacha Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Jozep Borrel, RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Tojikiston TIV rahbari Sirojiddin Muhriddin, Qirg‘iziston Iqtisodiyot va moliya vaziri Aqilbek Japarov, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va Saudiya Arabistoni Podshohligi Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Al-Saud, Quvayt Davlatining Tashqi ishlar vaziri, Vazirlar Mahkamasi ishlari bo‘yicha davlat vaziri shayx Ahmad Nosir al-Muhammad as-Sabohni qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

9

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing