Prezident vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar oldiga muhim talab qöydi
O‘zbekiston
−
15:36 1418 2 daqiqa
Hozirgi tez özgaruvçan bozor şaroitida tadbirkorlar bilan yilda bir emas, kerak bölsa, har oyda muloqot qiliş zarur. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida ötkazilayotgan quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvda vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar oldiga talab qöydi.
Uçraşuvda davlat rahbari bir yil avval Kumuşkonda Böstonliq va Zomindagi turistik zonalardan qolişmaydigan yirik majmua barpo etiş vazifasi qöyilganini eslagan. “Avvalo, özimiznikilarga imkoniyat beraylik, ular nimalarga qodirligini körsatsin” degan yondaşuv asosida mahalliy loyihaçilar va quruvçilar 47 gektar maydonda “Oltin bel” majmuasini bunyod etgan.
Majmuada törtta mehmonxona, ikkita restoran, 51 ta şale, akvapark, amfiteatr va köngiloçar inşootlar taşkil qilingan. Bir vaqtning özida 6 ming nafarga xizmat körsatiş va 600 ta iş örni yaratiş imkoniyati mavjud.
Xalqaro turizm akademiyasi tomonidan bu yerda taşkil etilgan kurslarda 300 nafar mutaxassis tayyorlangan. Quriliş va jihozlaşda mahsulotlarning 95 foizi mahalliy korxonalardan olingani loyiha tannarxini 20 foizga arzonlaştirgan.
Uşbu tajriba asosida Nanay, Xonobod, Çimyonsoy, Muzbuloq, Urgut, Ellikqal’a va boşqa hududlarda ham turizm maskanlari barpo etiş böyiça takliflar bildirilgan.
Prezident quriliş industriyasi va turizm bir-birini töldiradigan, özaro yangi imkoniyatlar oçadigan sohalarga aylanişi zarurligini ta’kidlagan.
Prezident quriliş materiallari sanoatida erişilgan natijalar va yangi eksport imkoniyatlariga töxtalgan.
Sönggi ön yilda sohaga 12 milliard dollar investitsiya kiritilib, 5 mingdan ziyod zamonaviy korxona işga tuşirilgan. Joriy yilda işlab çiqariş hajmi 2016 yildagi 7 trillion sömdan 65 trillion sömga, eksport esa 75 million dollardan 1,5 milliard dollarga yetişi kutilmoqda.
Mamlakatda har yili 50-55 milliard dollar investitsiya jalb etilayotgani quriliş mahsulotlari uçun katta içki bozorni şakllantirmoqda. Qöşni va yaqin mintaqalarda ham bu mahsulotlarga yillik talab 50 milliard dollarga baholanmoqda.
Yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarni köpaytiriş, mahalliy developerlarni xorijiy tenderlarga olib çiqiş va arzon hamda uzluksiz logistika zanjirlarini yaratiş hisobiga eksportni yaqin yillarda 5 milliard dollarga yetkaziş mumkinligi qayd etilgan.
“Lekin hozirgi tez özgaruvçan bozor şaroitida tadbirkorlar bilan yilda bir emas, kerak bölsa, har oyda muloqot qiliş zarur”, deydi Prezident.
Bu borada vazirlar, tarmoq rahbarlari va hokimlar oldiga aniq talab qöyilgan.