Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi
O‘zbekiston
−
19:34 287 2 daqiqa
Bugun, 19 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ösmirlar örtasida dzyudo böyiça jahon çempionati munosabati bilan mamlakatda bölib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, uçraşuvda uşbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzyudo maktabini rivojlantiriş va yoş sportçilarni tayyorlaş borasida hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqilgan.
Toşkent jahonning nufuzli dzyudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani ta’kidlangan. Sönggi uç yilda mamlakatda 4 ming nafardan ziyod sportçi iştirokida 10 ta xalqaro musobaqa ötkazilgan. Joriy yilgi ösmirlar örtasidagi jahon çempionati esa ilk bor Özbekistonda taşkil etilmoqda.

Marius Vizer Özbekistonda sportni rivojlantiriş va yoşlarni sportga keng jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholagan.
Özbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlariga tayyorlaş, mamlakatda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaş hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Dzyudo böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionati 19-22 noyabr kunlari Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadi. Unda 78 mamlakatdan 600 nafarga yaqin yoş sportçi bellaşmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.
Live
Barchasi