Yangi Toşkentdagi investitsiya loyihalar böyiça kunlik nazorat örnatiladi
O‘zbekiston
−
21:32 199 3 daqiqa
Yangi Toşkentdagi har bir investitsiya loyihasi böyiça kunlik manzilli nazorat örnatiladi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ijrosi yuzasidan yiğilişda söz bordi.
Bir oy avval davlat rahbari Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş böyiça aniq vazifalar belgilab, işlar natijasini har oy muhokama qilib borişga körsatma bergan edi. Ötgan haftada qabul qilingan alohida farmon bilan investorlar, tadbirkorlar va hududlar uçun qöşimça imtiyozlar hamda yangi taşkiliy mexanizmlar joriy etilgan.

Yiğilişda uşbu imkoniyatlardan samarali foydalaniş, investitsiya loyihalarini jadallaştiriş va mavjud taşkiliy masalalarni tezkor hal etiş vazifalari muhokama qilingan.
Prezident Yangi Toşkentdagi işlar mutlaqo yangiça yondaşuv va qat’iy ijro intizomi asosida taşkil etilişi lozimligini körsatib ötgan.

Tadbirkorlar sarmoya kiritişga tayyor ekani, buning uçun ularga ortiqça tösiqlarsiz, tezkor va aniq yeçimlar taqdim etiş zarurligi ta’kidlangan. Şu maqsadda har bir investitsiya loyihasi böyiça kunlik manzilli nazorat örnatilişi belgilangan.
Bunda quriliş maydonlarini öz vaqtida tayyorlaş va investorlarga zarur şaroitlarni yaratiş muhim ahamiyatga ega. Şu bois, uşbu işlar markazlaşgan holda Yangi Toşkent direksiyasi orqali taşkil etiladi.

Investitsiya loyihalarining öz vaqtida amalga oşirilişi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining tayyorligiga ham bevosita boğliq.
Davlat rahbari yangi şaharda quriliş va infratuzilmani rivojlantiriş işlari özaro uyğun olib borilişi şartligini ta’kidlagan. Elektr energiyasi, içimlik suvi, kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va yöl tarmoqlari ob’ektlar foydalanişga topşirilgunga qadar tayyor bölişi lozim.
Şu munosabat bilan viloyatlarga biriktirilgan hududlarni zarur infratuzilma bilan ta’minlaş böyiça alohida dastur işlab çiqiş vazifasi qöyilgan.

Qolaversa, yangi şaharning me’moriy qiyofasi va hududlarni kompleks rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Viloyatlarga biriktirilgan hududlar faqat turar joylar bilan çeklanib qolmasligi, ularda zamonaviy biznes va savdo markazlari, mehmonxonalar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport ob’ektlari, şuningdek, aholi dam olişi uçun qulay jamoat maskanlari taşkil etilişi zarurligi ta’kidlangan.
Uşbu jarayonda har bir inşoot yangi şaharning yagona me’moriy konsepsiyasi va “yaşil quriliş” talablariga töliq mos kelişi şartligi körsatib ötilgan.
Hududlar örtasida zamonaviy arxitektura yeçimlarini qöllaş, yirik xalqaro brendlarni jalb qiliş, xiyobonlar va jamoat joylarini namunali taşkil etiş böyiça soğlom raqobat muhitini şakllantirişga ham e’tibor qaratilgan.
Live
Barchasi