Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ummon biznes forumi oçilişida qatnaşdi
O‘zbekiston
−
18:28 174 3 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbekiston – Ummon biznes forumining oçiliş marosimida iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, tadbirda Ummon Sultonligi Boş vaziri örinbosari Zeyazin bin Haysam Ol Said, ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, yetakçi kompaniyalar, moliya institutlari va işbilarmon doiralar vakillari qatnaşgan.

Davlat rahbari öz nutqida Ummon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said bilan ötkazilgan oliy darajadagi muzokaralar va erişilgan kelişuvlar ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişiga işonç bildirgan.

Joriy yilda özaro savdo hajmi sezilarli oşgani, biroq mavjud iqtisodiy salohiyat hali töliq işga solinmagani ta’kidlangan. Şu munosabat bilan yaqin istiqbolda tovar ayirboşlaşni 1 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib belgilangani qayd etilgan.

Taşrif doirasida umumiy qiymati 5 milliard dollarlik aniq loyihalar portfeli şakllantirilgan. Prezident eng muhimi kelişuvlar soni emas, balki ularning amaliy natijasi ekanini alohida ta’kidlagan.

Şu maqsadda sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, zamonaviy şaharsozlik va turizm, mineral resurslarni özlaştiriş, şuningdek, moliya va raqamli texnologiyalar sohalari hamkorlikning beşta ustuvor yönalişi sifatida taklif etilgan.

Xususan, elektrotexnika sohasida Ummon kompaniyalari bilan kabel va transformator mahsulotlarini birgalikda işlab çiqariş hamda ularni qöşni mamlakatlarga eksport qiliş böyiça kelişuvlarga erişilgani qayd etilgan.

Transport-logistika yönalişida Ummonning dengiz portlari va Özbekistonning Markaziy Osiyodagi strategik imkoniyatlarini birlaştiriş muhimligi qayd etilgan. Sohar şahrida logistika infratuzilmasini barpo etiş, yagona savdo-logistika platformasini şakllantiriş, şuningdek, aviaqatnovlarni köpaytiriş va yuk taşiş reyslarini yölga qöyiş taklif etilgan.
Ummon investorlarining Yangi Toşkent loyihasidagi iştiroki yuqori baholangan. Yangi şaharda barpo etiladigan “Masqat” mavzesi ikki xalq döstligining yorqin ramziga aylanişiga işonç bildirilgan.

Kimyo sanoati, geologiya-qidiruv işlari va mineral resurslarni çuqur qayta işlaş sohalarida qöşma investitsiya loyihalari işlab çiqilgani ta’kidlangan.
Moliya va raqamli texnologiyalar yönalişidagi amaliy hamkorlik ham kengaymoqda. Jumladan, sun’iy yöldoşlarni uçiriş böyiça qöşma korxona taşkil etiş ustida iş olib borilmoqda.

Prezident Ummonlik işbilarmonlarni Özbekistondagi istiqbolli loyihalarda faol iştirok etişga taklif etib, har bir investor uçun qulay va işonçli muhit yaratiş, qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga har tomonlama kömaklaşişga tayyorligini bildirgan.
Öz navbatida, Ummonda tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar uçun yaratilgan keng imkoniyatlar yuqori baholanib, özbekistonlik kompaniyalar uşbu mamlakat bozoriga faol kirib borişga da’vat etilgan.
Forum ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni yangi amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilişiga işonç bildirilgan.
Live
Barchasi