Özbekiston Ummon bilan strategik şerik böldi
O‘zbekiston
−
12:48 493 3 daqiqa
Bugun, 17 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said Masqat şahridagi “Al-A’lam” saroyida tor doirada uçraşuv hamda rasmiy delegatsiyalar a’zolari iştirokida muzokara ötkazdi. Bu haqda Özbekiston yetakçisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, suhbat avvalida davlat rahbari samimiy qabul va körsatilayotgan yuksak e’tibor uçun sultonga minnatdorlik bildirib, Ummon yetakçisi va döst xalqini yaqinlaşib kelayotgan bayram – Ummon milliy kuni bilan çin dildan qutlagan.

Uçraşuvda ikki mamlakat örtasidagi döstlik va köp qirrali aloqalarni yanada rivojlantiriş hamda hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalari muhokama qilingan.
Siyosiy muloqot va idoralararo almaşinuvlar faollaşgani, tovar ayirboşlaş hamda investitsiyalar hajmi barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.
Oliy darajadagi taşrif arafasida Masqatda Hukumatlararo komissiyaning oltinçi yiğilişi, qator işbilarmonlik va madaniy tadbirlar taşkil etilgan.
Joriy yil iyul oyidan ikki davlat poytaxtlari örtasida töğridan töğri aviaparvozlar yölga qöyilgani yuqori baholangan.

Amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari sifatida savdo, investitsiya, transport va logistika, energetika hamda elektrotexnika, kimyo va toğ-kon sanoati, şaharsozlik va turizm, qişloq xöjaligi, kosmik tadqiqotlar hamda raqamlaştiriş sohalari körsatib ötilgan.
Qöşma loyihalarni ilgari suriş maqsadida Özbekiston – Ummon investitsiya kompaniyasining ustav kapitalini ikki barobarga oşirib, 500 million dollarga yetkazişga alohida e’tibor qaratilgan.
Ummon mablağlari iştirokida tuzilgan Markaziy Osiyo va Kavkaz investitsiya jamğarmasi faoliyatini tez fursatlarda yölga qöyiş muhimligi qayd etilgan.
Madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun madaniyat va san’at haftaliklarini ötkaziş, yoşlar forumini taşkil etiş, noyob qölyozmalarni raqamlaştiriş va birgalikda tadqiq qiliş, qadimiy şaharlar örtasida birodarlik aloqalarini örnatiş maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan.
Muloqot çoğida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşilgan. Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Islom hamkorlik taşkiloti, Qöşilmaslik harakati, “Körfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” formati va boşqa nufuzli tuzilmalar doirasida özaro qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş muhimligi bildirilgan.
Ikki davlat rahbarlari Özbekiston va Ummon örtasidagi an’anaviy döstlik va özaro işonçga asoslangan munosabatlarni strategik şeriklik darajasiga kötariş böyiça tarixiy qaror qabul qilgan.
Oliy darajadagi kelişuvlar ijrosini ta’minlaş uçun “yöl xaritasi”ni qabul qiliş hamda Muvofiqlaştiruvçi kengaş mexanizmini yölga qöyişga kelişib olingan.
Muzokaralar yakunida Şavkat Mirziyoyev Ummon sultonini Özbekistonga davlat taşrif bilan kelişga taklif etgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning sentyabr oyida Belgrad şahrida bölib ötgan muzokaralar yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi sobiq prezidenti Aleksandr Vuçiç Strategik şeriklik munosabatlarini örnatiş töğrisida qöşma deklaratsiyani imzolagan edi.
Live
BarchasiShavkat Mirziyoyev Ummonga bordi
16 Noyabr