Prezident bahorgi köçatlarning nobud bölişi va soxta hisobotlarni keskin tanqid qildi
O‘zbekiston
−
21:21 501 2 daqiqa
Joriy yilning bahorida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgan, ayrim joylarda esa amalda ekilmagan köçatlar hisobotlarga kiritilgan. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ijrosi yuzasidan yiğilişda söz bordi.
Yiğilişda qayd etilişiça, joriy yilning kuzgi köçat ekiş mavsumi 8 noyabrdan boşlanganiga qaramay, ayrim hududlarda işlar sust taşkil etilayotgani bildirilgan. Xususan, Toşkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida belgilangan rejalar ijrosi qoniqarsiz ekani körsatib ötilgan.
Şuningdek, bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgani, ayrim joylarda esa amalda ekilmagan köçatlar hisobotlarga kiritilgani keskin tanqid qilingan.
Davlat rahbari daraxt ekişda son ortidan quviş emas, balki köçatlarning tutib ketişi va uzoq yillar davomida ösişini ta’minlaş asosiy mezon bölişi lozimligini ta’kidlagan.
Buning uçun har bir hududning iqlim va tuproq şaroitidan kelib çiqib, suvsizlik, issiqlik va şörlanişga çidamli daraxt turlarini tanlaş, suğoriş tizimlarini yaratiş hamda köçatlarni doimiy parvarişlaş zarurligi qayd etilgan.
Şu bilan birga, kökalamzorlaştirişda mahalliy iqlimga mos, parvarişi qulay ösimliklardan keng foydalaniş muhimligi ta’kidlangan. Buning uçun mahalliy gul va manzarali ösimliklarni köpaytirişga ixtisoslaşgan köçatxonalar taşkil etib, suvni köp sarflaydigan çim ekiş amaliyoti örniga tojixöroz, rayhon, jambul kabi ösimliklar hamda mahalliy butalarni ekişga ustuvor e’tibor qaratiş zarurligi körsatib ötilgan.
Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida uç tupdan daraxt ekiş, yaşil hududlarni kengaytiriş va mazkur jarayonda mahalla raislari hamda örmon xöjaligi xodimlarining mas’uliyatini kuçaytiriş vazifasi qöyilgan.
Mutasaddilarga joriy yilda ekiladigan köçatlarning kamida 90-95 foizi tutib ketişini ta’minlaş, avvalgi yillarda barpo etilgan yaşil maydonlarni saqlaş va parvarişlaş böyiça aniq çoralar köriş topşirilgan.
Yiğilişda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlaş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berilgan.
Live
Barchasi