Namangan aholisining örtaça daromadi 9,6 mln sömga yetkaziladi

O‘zbekiston

−

image

Namangan viloyati aholining örtaça daromadi 9,6 million sömga yetkaziladi. Bu haqda bugun, 18 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev ötkazgan Namangan viloyatida islohotlar natijadorligini oşiriş, yirik investitsiya loyihalarini jadallaştiriş, aholi bandligi va daromadlarini köpaytiriş yuzasidan yiğilişda söz bordi. 

Yiğilişda qayd etilişiça, joriy yil yakunida viloyatga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 5,4 milliard dollarga, eksport hajmi 1,2 milliard dollarga yetişi kutilmoqda. Kelgusi yilda iqtisodiyotni 9,5 foizga östiriş, xorijiy investitsiyalarni 7-8 milliard dollarga, eksportni esa 1,3 milliard dollarga yetkaziş mumkinligi qayd etilgan.

Bu maqsadlar uçun umumiy qiymati 5,4 milliard dollarlik yangi investitsiya takliflari şakllantirilgan. Davlat rahbari ularni aniq loyihalarga aylantiriş, investorlarga zarur şaroit yaratiş va har bir taşabbus ijrosini qat’iy nazoratga oliş vazifasini qöygan.

Yiğilişda viloyatda barpo etilayotgan va kelgusi yillarda işga tuşirilişi rejalaştirilgan yirik ob’ektlar taqdimot qilingan. Jumladan, Namangan xalqaro aeroportini kengaytiriş va modernizatsiya qiliş doirasida soatiga 1,2 ming nafar yölovçiga xizmat körsatadigan yangi terminal hamda yiliga 21,2 ming tonna yuk qabul qiliş quvvatiga ega kargo infratuzilmasi barpo etilmoqda.

Sanoatda Çust tumanida töqimaçilik böyoqlari işlab çiqariş böyiça 260 million dollarlik, çiqindilardan elektr energiyasi olişda 150 million dollarlik va bazaltdan issiqlik saqlovçi materiallar tayyorlaş böyiça 125 million dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Pop tumanida kumuş konsentrati, Yangi Namanganda esa farmatsevtika mahsulotlari işlab çiqariş quvvatlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.

Raqamli iqtisodiyot uçun kadrlar va yangi iş örinlari yaratiş maqsadida Yangi Namangan şaharçasida zamonaviy IT-park binosini quriş ham közda tutilgan. Unda önlab texnologik korxonalar faoliyat yuritişi rejalaştirilmoqda.

Quriliş va şaharsozlik sohasidagi dasturlar ham muhokama qilingan. Xususan, Yangi Namangan şaharçasida 50 ming xonadonga möljallangan turar joylar, ijtimoiy va xizmat körsatiş ob’ektlari barpo etiş loyihasi amalga oşirilmoqda.

Qişloq xöjaligida tayyor mahsulot işlab çiqariş zanjirini şakllantirişga alohida e’tibor qaratilgan. Viloyatdagi 183 ming gektar yer salohiyatidan samarali foydalaniş, mahsulotlarni çuqur qayta işlaş va agrosanoat kooperatsiyasini kuçaytiriş zarurligi ta’kidlangan.

Bu borada Töraqörğonda 70 ming boş qöyga möljallangan zamonaviy klaster faoliyati, bir qator tumanlarda parrandaçilik majmualarini rivojlantiriş işlari körib çiqilgan. Kosonsoyda 25 ming boş qoramolga möljallangan yirik çorvaçilik kompleksini barpo etiş rejasi ham muhokama qilingan.

Çust tumanidagi Olmos şaharçasida dehqonçilik maktabini taşkil etiş taşabbusiga ham töxtalib ötilgan. Unda agroakademiya, agroinnovatsiya markazi, agrosanoat parki, agrologistika va agroturizm yönalişlarini birlaştiriş, xorijlik hamkorlar bilan yuqori hosilli kartoşka uruğçiligi, eksportbop poliz mahsulotlari yetiştiriş va naslçilikni rivojlantiriş taklif etilgan.

Bundan taşqari, intensiv va organik boğdorçilikni kengaytiriş, Pop tumani adirlarini özlaştiriş, qişloq xöjaligiga ilm-fan yutuqlari va ilğor xorijiy tajribani tatbiq etiş böyiça topşiriqlar berilgan.

Yiğilişda yoşlar bandligi va daromadlar masalasi ustuvor örin tutgan. Viloyatdagi 786 ming nafar yoşning salohiyatini röyobga çiqariş uçun ularni xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga öqitiş, içki va taşqi mehnat bozorlarida munosib iş örinlari bilan ta’minlaş zarurligi qayd etilgan.

Ibrat nomidagi çet tillari institutida italyan tilini örgatiş markazi taşkil etilgani ijobiy baholangan. Italiya kompaniyalari bilan qişloq xöjaligi, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoatida iş örinlari yaratiş imkoniyatlari muhokama qilingan.

Mas’ullarga kelgusi yilda 10 ming nafar yoşning Yaponiya va Germaniyada yuqori daromadli iş örinlarida mehnat qilişi uçun maqsadli til va kasbiy tayyorgarlikni yölga qöyiş topşirilgan. Xorijdan qaytgan fuqarolarni işga joylaştiriş va ularning muammolarini hal etişda raqamli xizmatlardan foydalaniş muhimligi ta’kidlangan.

Prezident bu sa’y-harakatlar odamlarning kundalik hayoti va daromadlarida aniq natija berişi lozimligini körsatib ötgan. Şu asosda viloyat aholisining örtaça daromadini 9,6 million sömga yetkaziş böyiça vazifalar belgilangan.

Turizm sohasida Pop tumanidagi “Araşan” köp funksiyali majmuasini barpo etiş işlari va “Qamçiq” toğ dam oliş maskani loyihasi muhokama qilingan. “Araşan” majmuasining birinçi bosqiçini 2027 yilda işga tuşiriş, kelgusida yiliga 1,5 million nafar sayyohni jalb qiliş közda tutilgan.

Şuningdek, Yangiqörğon, Kosonsoy va Çustda yangi turizm zonalarini rivojlantiriş, Çustda piçoqçilik, döppidözlik, kulolçilik va yoğoç öymakorligi an’analarini jamlaydigan Hunarmandlar şaharçasini taşkil etiş taklif qilingan. Mazkur loyiha doirasida 4 mingdan ziyod iş örni yaratiş rejalaştirilgan.

Savdo va servisni kengaytirişda ham qöşimça imkoniyatlar bor. Hozir tunu kun işlaydigan 35 ta köçada 5 mingdan ziyod aholi daromad topmoqda. Kelgusi yilda bunday köçalar sonini 50 taga yetkaziş, Sirdaryo böyida dam oliş va xizmat körsatiş maskanlarini taşkil etiş, yölböyi servisini yaxşilaş vazifalari qöyilgan.

Bu tarmoqlarga malakali kadrlar tayyorlaşda Avstriyaning Krems amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda turizm va mehmonxona boşqaruvi böyiça qöşma ta’lim dasturlarini yölga qöyiş masalalari körib çiqilgan.

Çekka mahallalar aholisiga xizmatlarni yaqinlaştiriş masalalari ham e’tibor markazida böldi. Norin tumanidagi mahalla axborot va xizmat markazi tajribasini barça tumanlarga tatbiq etiş, Koreya Respublikasi tajribasi asosida “Aqlli qişloq” loyihalarini rivojlantiriş taklif qilingan.

Yiğiliş yakunida viloyat hokimligi va islohotlar ştabiga yirik loyihalarni öz vaqtida amalga oşiriş, yangi iş örinlari va barqaror daromad manbalarini köpaytiriş, aholini qiynayotgan masalalarga manzilli yeçim topiş yuzasidan topşiriqlar berilgan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing