Özbekistonda turizmni rivojlantiriş strategiyasi qabul qilinadi
O‘zbekiston
−
17:04 292 2 daqiqa
Özbekistonda yaqin vaqtda turizmni rivojlantiriş strategiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan. Bu haqda bugun, 20 noyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida ötkazgan quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuvda söz bordi.
Qayd etilişiça, Prezident turizm sohasida tadbirkorlikni rağbatlantiriş uçun keng kölamli imtiyozlar belgilanganini eslatgan.
Jumladan, mehmonxonalar qurilişi uçun milliy valyutada 16 foizli moliyaviy resurslar ajratilgan, yer va mol-mulk soliği böyiça imtiyozlar 2030 yilgaça uzaytirilgan. Yulduzli mehmonxonalarga subsidiyalar beriş muddati yana ikki yilga çözilgan.
Xorijlik sayyohlarga xizmat körsatuvçi turoperatorlar qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilgan. Turistik transport vositalarini import qilişda bojxona imtiyozlari bir yilga uzaytirilib, utilizatsiya yiğimi bekor qilingan.
Yaqin vaqtda turizmni rivojlantiriş strategiyasini qabul qiliş rejalaştirilgan. Unda xorijlik sayyohlar sonini 20 million nafarga yetkaziş, turizmning iqtisodiyotdagi uluşini hozirgi 3,5 foizdan 7 foizga oşiriş va soha eksportini 10 milliard dollarga olib çiqiş maqsad qilinmoqda.
Yangi turizm loyihalari uçun yer maydonlari tayyorlaş va infratuzilma yaratiş böyiça vazifalar belgilab berilgan.
Ilgari hududlarning eng qulay va sölim joylaridan 1 ming 200 gektar yer zaxira qilingan. Endi hokimlarga qöşimça 5 ming gektar maydonni turizm loyihalariga tayyorlaş topşirilgan.
Joriy yilning özida turizm infratuzilmasini rivojlantirişga 2 trillion söm yönaltirilgan. Prezident bunday imkoniyatlarni yangi investitsiya loyihalari va iş örinlariga aylantiriş zarurligini ta’kidlagan.
25-27 noyabr kunlari Toşkent şahrida turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsiya forumi ötkaziladi. Unda 25 dan ortiq davlatdan 100 dan ziyod yirik investor iştirok etişi kutilmoqda.
Hududlar rahbarlariga forumga puxta tayyorgarlik körib, şahar va tumanlarning turistik salohiyatini namoyiş etiş vazifasi qöyilgan.
Live
Barchasi